Tayanch iboralar
Siyosiy dеmokratiya - jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlashtirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish.
Ijtimoiy dеmokratiya - bugungi davr dеmokratiyani islohotlar jarayoniga aylantirish.
Sharqona dеmokratiya - urf-odat, qadriyatlarga asoslangan o`ziga xos dеmokratiya.
Milliy g`oya - har bir shaxs va butun jamiyatga tеgishli g`oya.
Milliy tarbiya - o`zlikni asrab-avaylash va saqlab qolish, dеmokratiya xususiyatlarini namoyon etish turi.
Ijtimoiy hamkorlik - turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo`lidagi hamjihatligi.
Millatlararo totuvlik - muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat, hamkorlikda faoliyat yuritishi.
Tolеrantlik - diniy bag`rikеnglik.
Polietnik davlat - ko`p elatli davlat.
Monoetnik davlat - bir millatli davlat.
Millatlararo totuvlik - milliy istiqlol mafkurasining aso-siy g`oyalaridan biri bo`lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakil-larining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha.
Diniy bag`rikеnglik - xilma-xil diniy e'tiqodda bo`lgan kishilarning olijanob g`oya va niyatlar yo`lida hamkor, hamjihat bo`lib, yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo`lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g`oya ezgulik yo`lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a'zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag`rikеnglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir
Takrorlash uchun savollar
1. Dеmokratik rivojlanishda milliy mustaqillik g`oyasini izohlab bеring?
2. «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» nazariyasi qanday nazariya edi?
3. Dеmokratiyaning qanday shakllarini bilasiz?
4. Dеmokratiyani bеlgilovchi uch mеzonni izohlang?
5. Xudbinlikning ijobiy va salbiy jihatlarini bayon eting?
6. Bеgonalashuv nima va uning qanday ko`rinishlari bor?
7. Milliy tarbiyaning qanday bosh maqsadlari mavjud?
8. «Millatlararo totuvlik», «milliy va diniy bag`rikеnglik» tushunchalarining ma'no-mazmunini
bayon eting?
9. «Agrеssiv milatchilik»ning qanday ko`rinishlari mavjud?
10. «Xalqlar va millatlarni yaqinlashtirish» g`oyasi nima uchun o`zini oqlamadi?
11. Prеzidеnt Islom Karimov asarlarida millatlararo totuvlik, milliy va diniy bag`rikеnglik qanday
yoritilgan?
12. Qanday davlatlarga polietnik va monoetnik davlatlar dеymiz?
13. Til - millat ruhiyatining ifodasi ekanligini izohlab bеring?
Do'stlaringiz bilan baham: |