97
chaqishi orqali, bezgak, tulyaremiya va boshqalar kiradi.
IV. Tashqi qoplam infeksiyalari. Bu kasalliklarda
zararlangan kiyim-bosh,
ko‘rpa-to‘shak, idish-tovoq va boshqalar mikrobni yuqtiruvchi omillar hisoblanadi.
Traxoma, qo‘tir, qoqshol, quturish va boshqalar shu kasalliklar jumlasidandir.
ICHAK INFEKSIYALARI
Tif-paratif kasalliklari. Qorin tif (ich terlama), A va V paratiflar ingichka
ichak limfatik
apparatining jarohatlanishi, bakteriemiya (mikroblarning qonga
tushishi), organizmning umumiy intoksikatsiyasi
va terida pushti rang mayda
toshma (rozeola)lar paydo bo‘lishi bilan o‘tadigan yuqumli kasalliklardir. Bu uch
xil kasallikni kechishi jihatidan bir-biridan farq qilish qiyin bo‘lganligi sababli,
umumiy qilib tif-paratif kasalliklari deb ataladi.
Qorin tifi (ich terlama). Kasallik qo‘zg‘atuvchisi qorin tifi bakteriyalaridir.
Ularning O, H, Vi deb nomlanadigan antingenlari mavjud. Tashqi muhitda bu
mikroblar ancha turg‘un. Oqar suvda 5-10 kun, ko‘lmak suvda 1 oygacha saqlanib,
ba’zan epidemiyaga sabab bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari va ro‘zg‘or
anjomlarida 2 haftadan 3 oygacha saqlanadi. Sutda qorin
tifi mikroblari yaxshi
saqlanibgina qolmasdan, balki ko‘payadi ham.
Do'stlaringiz bilan baham: