Kuch layoqatini rivojlantirish vazifalari
1. Odam tayanch apparatining barcha mushak guruhlarini umumiy uyg`un rivojlantirish uchun tanlab ta`sir ko`rsatuvchi kuch mashqlaridan foydalanish orqali hal etiladi bu yerda ularning hajmi va mazmuni muhim ahamiyatga ega. Ular turli mushak guruhlarining mutonosib rivojlanishini ta`minlash kerak. Tashqi sharoitdan bu tana tuzilishi va qomatning tegishli shakillarida ifodalaniladi. Kuch mashqlarini qo`llashning ichki samarasi organizimdagi xayot uchun muhim funksiyalarning yuqori darajasi ta`minlanishi hamda harakat faoliyatining amalga oshishida ko`rinadi. Skilet mushaklari faqat harakat organlari bo`libgina qolmay, qon aylanishiga (ayniqsa, vinalarda) faol ko`maklashadigan o`ziga xos periferik “Yuraklar” xam hisoblanadi (N.I. Arinchin, 1980).
2. Kuch layoqatini xayot uchun muhim harakat faoliyatlari (malaka va ko`nikmalar bilan birgalikda xar tomonlama rivojlantirish. Ushbu vazifa barcha asosiy turdagi kuch layoqatini rivojlantirishni nazarda turadi.
3. Muayyan sport turi bilan shug`ullanish yoki kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik darajasida kuch layoqatini yanada rivojlantirish uchun shart – sharoit va imkoniyatlar (poydevor) yaratish maskur vazifani xal etish harakat iqdidorini sport turi yoki tanlagan kasbni e`tiborga olgan holda kuchni rivojlantirishda shaxsiy manfaatlarni qondirishiga imkon beradi.
Kuchni tarbiyalash umumiy jismoniy tayyorgarglik (sog`liqni mustahkamlash va saqlash, tana tuzilishini mukammallashtirish barcha mushak churaklari kuchini ruvojlantirish uchun) hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik (asosiy musobaqa mashqlarini bajarishda katta ahamiyatga ega bo`lmagan mushak guruhlarining turli kuch layoqatini tarbiyalash) jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Bu yo`nalishlarning xar birida kuchni rivojlantirishi uchun muayyan ko`rsatmalarni belgilovchi maqsad hamda shu ko`rsatmalardan olib chiqib xal etish lozim bo`lgan vazifalar mavjud shunga ko`ra kuchni tarbiyalashning ma`lum vosita va usullari tanlanadi.
1.3. Kuchni tarbiyalash vositalari
Kuchni rivojlantiruvchi vositalar mushaklarning zo`riqish darajasi oshishini rag`batlantiruvchi katta og`irliklar (qarshilik) bilan bajariladigan jismoniy mashqlar hisoblanadi bunday vositalar kuchni rivojlantirish vositalari deb aytiladi. Ular shartli ravishda asosiy va qo`shimcha turlarga bo`linadi (1 – rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |