Kuch sifatini rivojlantirish vositalari
Qo’shimcha vositalar
Asosiy vositalar
Umumiy turdagi trenajor qurilmalaridan foydalanib bajariladigan mashqlar
Sherik qarshiligi bilan bajariladigan mashqlar
Tashqi buyumlar vazniga asoslangan mashqlar
Siltash tormozlash mashqlar
Izomitrik mashqlar
Tashqi muxitdan foydalanib bajariladigan mashqlar
Qayishqoq buyumlar qarshiligidan foudalanadigan mashqlar
O`z tana vazniga asoslangan mashqlar
Asosiy vositalar
1. Tashqi buyumlar vazniga asoslangan mashqlar: har xil og`irlikdagi disklar to`plami bo`lgan shtangalar, yig`iq gantellar, qadoq toshlar, to`ldirma to`plar sherikning vazni va x k.
2. O`z tana vazniga asoslangan mashqlar:
- Mushak zo`riqishi o`z tana vazni hisobiga hosil qilinadigan mashqlar (osilib tortilish, tayanib qo`llarni bukib – yozish, tayanib osilib muvozanat saqlash);
-O`z tana vaznini tashqi buyumlar (masalan, mahsus belbog`lar, manjitlar) hisobiga og`irlashtirib bajariladigan mashqlar;
- O`z tana vaznini qo`shimcha tayanchdan foydalanish hisobiga kamaytirib bajariladigan mashqlar;
- O`z tana vazni erkin tushayotgan jism enirgiyasi hisobiga oshiriladigan zarbdor mashqlar (masalan, 25 – 70 sm va undan yuqoriroq balandlikdan sakrab, shu zaxoti yuqoriga sabchib sakrash)
3. Umumiy turdagi trinajor qurilmalaridan foydalanib bajariladigan mashqlar (masalan, kuch o`rindig`i, kuch stansiyasi, “UNIVERSAL” majmuasi va b).
4. Siltash – tormozlash mashqlari. Ularning hususiyati qo`shimcha og`irliklar bilan va ularsiz bajariladigan mahalliy hamda hududiy ta`sirga ega mashqlarda mushaklar va antagonist mushaklar faoliyatida zo`riqishning tez - tez almashinishidan iborat.
Izomitrik tartibda bajariladigan statik mashqlar (izomitrik mashqlar):
- Mushak zo`riqishi tashqi buyumlardan foydalangan holda (turli tayanchlar, tutib turadigan, qarshilik ko`rsatadigan va boshqa buyumlar) irodaviy kuchlanish hisobiga hosil qilinadi;
- Mushak zo`riqishi tashqi buyumlardan foydalanilmagan holda o`zida qarshilik ko`rsatish bilan irodaviy kuchlanish hisobiga hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |