Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

Abu Bakr-ar Roziy 
(850-929 y.) tashqi muhit omillarining odam 
organizmiga ta’sirini chuqur o‘rgangan va tashqi muhitning salbiy ta’siridan 
saqlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirgan.
O’rta Osiyo tibbiyot fanining yana bir eng ulug’ vakillaridan biri, olim bu – 
Ismoil Jurjoniydir
(1042-1136 y). Zayniddin Abul Fazoil Ismoil ibn Husayn al-
Jurjoniy al-Xorazmiy ulug’ olim va zamonasining eng mashhur tabiblaridan biri 
hisoblangan. Ismoil Jurjoniy “Al-Xuffayi al-a’loiy” (poyalarning yuqori qismi), 
“At-Tibb al-mulukiy”, “Kitob az-zaxirayyo Xorazmshohiy”, “Kitob al-axrod” 


13 
(Hasad tufayli kelib chiqadigan kasalliklar), “Kitob yodgor” (esdalik kitobi), 
“Kitob fir ad alal falsafa” (Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi), “Kitob tadbir yaum 
va laylat” (Kecha bilan kunduzning almashinishi haqida kitob), “Kitob 
vasiyatnoma” va boshqa tabobat va falsafaga doir asarlar yozgan. Ismoil Jurjoniy 
o’zining tabobatga bag’ishlangan eng yirik asari “Zaxirayyo Xorazmshohiy” ni 
1110 yilda yozib tugatdi. “Zaxirayyo Xorazmshohiy” o’n kitobdan iborat bo’lib, 
keyinchalik unga “Dorishunoslikka oid kitob” (Qorabodin) qo’shildi. Uchinchi 
kitob sog’liqni saqlash, bunda atrof-muhitning ta’siriga, ya’ni havo, maskan, suv, 
oziq-ovqat, ichimlik, uyqu, bedorlik, jismoniy harakat va osoyishtalikka 
bag’ishlangan. Bu kitobda bolalar, qariyalar, safardagilar uchun alohida-alohida 
gigiyenaviy qoidalar bayon etilgan.
To’rtinchi kitobda kasallikni qanday kechish mumkinligini belgilash, qaysi 
paytlarda eng og’ir holatlarga tushib qolish, ulardan qutulish muammolari haqida 
gap boradi. Beshinchi kitobda bezgak kasalining paydo bo’lish sabablari, uning 
belgilari, davolash tarsi bayon etilgan. Bu alloma ham XI – XII asrlarda yashab 
ijod etgan. U Isfaxonda tug’ilib, so’ng Xorazmga kеlgan, tibbiyot fanini rivojiga 
katta hissa qo’shgan, xususan gigiyena faniga asos solgan kishilardan biridir. 
Gigiyena fanining o’rganish obеktlari hisoblanib inson va atrof muhit dеb etirof 
etsak, o’sha davrlarda u inson Xorazm viloyatini iqlim sharoitini, tuprog’ini, 
havosini, jug’rofiyasini, o’zining tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan eng katta asari 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling