Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Jismoniy tarbiya va bolalar gigiyenasi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

Jismoniy tarbiya va bolalar gigiyenasi gigiеna fanni biri qismi hisoblanib, 
uning maqsadi jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni turli 
kasalliklardan xoli etish, jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtiruvchi samaradorligini 
saqlab qolish va oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish uchun 
yoqimli sharoit yaratish, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishdan iborat. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilar tanasining tashqi muhit bilan 
o`zaro bog`liqligini o`rganish asosiy maqsadi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va Bolalar gigiyenasining asosiy vazifasi jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarga ta'sir etadigan noqulay sharoitlarni 
oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish, shug`ullanuvchilarning 
salomatligini saqlash, jismoniy rivojlanishini oshirib borishdan iborat.
Asosiy Bolalar gigiyenasi vositalariga quyidagilar kiradi.



- Jismoniy mashqlarni shakli va vositalar tartibini shart sharoitlarini yuqori 
darajaga ko`tarish.
- Mе'yorida ovqatlanish.
- Jismoniy mashqlarni bajarayotgan vaqtda jismoniy yuklamalarni yoqimli 
darajada mе'yorlash.
- Chiniqish.
1.2. GIGIYENA FANI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI 
Gigiеna fani – tibbiy-biologik fan bo’lib, profilaktik tabobatning asosi 
hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport gigiеnasi - Yosh sportchilarni salomatligini 
saqlash va ish qobiliyatini oshirish haqidagi fandir. Odam organizmining tashqi 
muhit bilan bog’liqligi, organizmga ijobiy va salbiy ta'sir etuvchi tashqi muhit 
omillarini o’rganuvchi fandir. Umumiy va sport gigiеnasi fanining asosiy maqsadi 
inson salomatligini saqlash, umumiy va shaxsiy gigiеna qoidalariga rioya qilish, 
ratsional kun tartibi va ovqatlanishni to’g’ri tashkil etish, yuqumli kasalliklarni 
oldini olishni o’rgatishdan iborat.
Inson organizmining jismonan sog’lom hamda baquvvat bo’lishi, uning turli 
xil kasalliklarga chalinmasligi, uzoq umr ko’rishini ta'minlash va sog’liqni saqlash 
hozirgi kun tibbiyot fani oldidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. 
Gigiyena juda qadim-qadim zamonlarda paydo bo’lib asrlar davomida hayot 
tajriba sinovlaridan o’tib, bizgacha еtib kеlgan gigiyenik davolash, har xil 
kasalliklarning oldini olish, sog’lomlashtirish va ish qobiliyatini oshirish, qayta 
tiklash vositasi sifatida azaldan amalda qo’llanilib kеlingan. Gigiyenaga oid 
bilimlar XIX asrning birinchi yarmida tizimga solinib, mustaqil fan holida 
birlashtirildi. Biroq odamlar gigiyena va sanitariyaning ma’lum qonun-qoidalariga 
qadim zamonlarda ham rioya qilishgan. Тarixiy hujjatlar, san’at asarlari va 
arxeologik qazilmalar ma’lumotlari eramizdan ancha ilgariyoq sanitariya 
qonunlarining ba’zi elementlari mavjud bo‘lganligidan hamda ma’lum sanitariya 
chora-tadbirlari amalga oshirib kelinganligidan dalolat beradi. 
Qadimgi hind va xitoy qonunlarida (miloddan avvalgi 3000-4000-yillar) 
ovqatlanish va kundalik rejim, mehnat qilish va dam olish tartibi to‘g‘risida 



ko‘rsatmalar bor. Ularda badanni toza tutish zarurligi qayt etilgan, murdalarni 
ko‘mish qoidalari ma’lum qilingan va hokazo. Eramizdan 1500 yil ilgari Misrda 
axlatlarni yo‘qotish va botqoqliklarni quritish ishlari uyushgan holda o‘tkazilgan, 
sug‘orish sistemalari va vodoprovodlar barpo etilgan. 
Qadimgi 
Yunoniston 
va 
Spartada 
yoshlarni 
jismoniy 
jihatdan 
rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan, olimpiya sport musobaqalari o‘tkazib 
turilgan. Afinada oqova suvlarini yo‘qotish uchun kanalizatsiya qurilgan. Bu joyda 
uylar qurish va ovqat masalliqlarini sotish ustidan sanitariya nazorati ham tashkil 
etilgan. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish uchun Qadimgi Yunonistonda 
binolar oltingugurt va xushbo‘y moddalar tutatib dezinfeksiya qilingan. 
Qadimgi Yunonistonning buyuk shifokori Gippokrat (miloddan avvalgi 
460-477-yillar) gigiyena masalalariga bag‘ishlangan: “Sog‘lom turmush ma’romi 
to‘g‘risida”, “Havo, suv va joylar to‘g‘risida” deb nomlangan asarlarida tashqi 
muhitning odam salomatligiga ta’sir qilish omillari hamda shu omillarning 
kasalliklarga nechog‘li aloqadorligi to‘g‘risidagi o‘z kuzatuvlari va nazariy 
mulohazalarini bayon qilgan. Gippokratning “muhit nazariyasi” ni keyinchalik 
Platon, Aristotel va boshqa olim hamda faylasuflar rivojlantirganlar. 
Qadimgi Rimda tog‘ -buloqlaridan har bir kishiga bir kecha-kunduzda 0,5-1 m
3
suv yetkazib beradigan 14 ta yirik va 20 ta mayda vodoprovod mavjud bo’lgan. 
Rimda axlatlarni zararsizlantirish zamonaviy usullarining ibtidosi tashkil etilgan. 
Narsa qo‘shib, masalliqni qalbakilashtirish va buzilgan oziq-ovqatlarni sotish man 
qilingan, binokorlik ishlari ustidan sanitariya nazorati olib borilgan. 
O‘rta asrlar tarixi haddan tashqari katta epidemiyalar va Yevropa aholisining 
qirilishini bir qadar aks ettiradigan tarixdir. O‘rta asrlarda Yevropada chechak, tif, 
gripp epidemiyalari bir-biriga tarqalib turgan. Тanosil kasalliklari, teri va ko‘z 
kasalliklari keng tarqalgan. XVI asrda toun epidemiyasi Yevropa aholisini to‘rtdan 
bir qismining yostig‘ini quritadi. Yangi paydo bo‘lgan burjuaziya sinfi sanoatni 
rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va foydani ko‘paytirishdan 
manfaatdor edi. Bunday maqsadga erishishida unga sog‘lom ishchilar kerak 
bo‘lganligi uchun ham u ma’lum sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishga 



majbur bo‘ldi. Ketma-ket sodir bo‘lib turgan epidemiyalar yirik shaharlarda 
sog‘lomlashtirishga oid shoshilinch sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishni, 
vodoprovod, kanalizatsiya o‘tkazish kabilarni taqozo etdi.
XIX asrning o‘rtalarida biologiya, kimyo va fizika fanlarining gurkirab 
rivojlanishi gigiyena taraqqiyotida ham yangi davrni boshlab berdi. Bakteriologik 
va fizik-kimyoviy tahlil usullari gigiyenaga ham kirib keldi, aholi istiqomat 
qiladigan hudud va uy-joylar sanitariya holatini sog‘lomlashtirish, ovqatlanish 
gigiyenasi, me’yor va talablarni asoslashda qo‘llanila boshlandi. Bu gigiyenadagi 
eksperimental yo‘nalishning ibtidosi bo‘ladi. 
Ingliz olimi Parks va nemis gigiyenisti Maks Pettenkofer gigiyena 
fanining asoschilari hisoblanadi. Parks 1857-yilda tashqi muhit omillarini fizik-
kimyoviy va bakteriologik tekshirish natijalariga asoslangan gigiyenaga oid asarini 
nashr ettirgan bo‘lsa, Pettenkofer gigiyenaning aniq fanga aylanishiga yo‘l ochgan 
ko‘p yillik laboratoriya-statistik tekshirishlarini o‘tkazdi. Pettenkoferning turar 
joylarni shamollatish (havolantirish) va isitish sohasida olib borgan tekshirishlari 
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Pettenkoferning zamondoshi va hamkori - fiziolog Foytning ovqatlanish 
fiziologiyasi va gigiyenasi sohasidagi ishlari, ayniqsa qimmatlidir. Pettenkoferning 
izdoshlari Rubner va Flugge havo, tuproq, suv, turar joy va kiyim-kechakka 
sanitariya nuqtayi nazaridan baho berishning gigiyenik me’yorlarini ishlab 
chiqdilar. 
Gigiyena mustaqil ilmiy fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida rivojlana 
boshladi. Bunga kapitalizmning rivojlanishi, shaharlar va sanoat korxonalarining 
o‘sishi hamda turli epidemiyalarga qarshi kurashishning zarurligi asosiy zamin 
bo‘ldi. Тabiiy fanlar (fizika, kimyo, fiziologiya, mikrobiologiya) sohasida XIX asr 
o‘rtalarida erishilgan yutuqlar ham gigiyenaning rivojlanish sabablaridan biridir.
Gigiyena kafedrasi ilk bor 1871-yilda Peterburg harbiy meditsina 
akademiyasida tashkil etildi, unga gigiyenaning turli masalalariga oid 90 dan ortiq 
ilmiy asarlar muallifi A.P. Dobroslavin (1842-1889 y) boshchilik qildi. “Jamoat 
sog‘lig‘ini saqlash kursi”, “Gigiyena”, “Harbiy gigiyena kursi” kitoblari uning 


10 
qalamiga mansubdir. A.P. Dobroslavin harbiy gigiyenaga aloqador ko‘pgina 
masalalarni hal qilishda ishtirok etadi. 1882 yilda Moskva universitetida Rossiyada 
gigiyena fanining rivojlanishida juda muhim rol o‘ynagan F.F.Erisman (1842-
1915 y) rahbarligida gigiyena kafedrasi tashkil qilindi. F.F. Erismanga va uning 
shogirdlari yaratgan asarlarda gigiyenaning barcha bo‘limlari o‘z aksini topdi. Shu 
olim tomonidan uch tomlik “Gigiyena bo‘yicha qo‘llanma” chop etildi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling