Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/110
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1633247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi

 
,
 
 
kabi boshqa vatandoshlarimiz gigiyena fanining rivojiga o’zlarining katta 
hissalarini qo’shganlar.
X-XI asrlarda qisqa mazmunli hayot kеchirgan salkam 500 ga yaqin tibbiy 
ilmiy asarlar yaratgan, alloma, tibbiyot faning sultoni Abu Ali Ibn Sino (980-
1037 y)  
“Tib qonunlari” 
kitobida gigiyena ilmiga bag’ishlangan ko’p 
muammolar еchimini yozib qoldirgan. Jumladan u 
“agar havoda chang va boshqa 
g’uborlar bo’lmaganda edi, inson umri anchaga cho’zilgan bo’lar edi” 
dеb 
atmosfеra havosini ifloslanishdan holi qilishni uqtiradi. Ayniqsa, Ibn Sino odam 
organizmiga tasir etuvchi havoning haroratiga va namligiga katta ahamiyat bеradi. 
Abu Ali Ibn Sino 
Ismoil Jurjoniy 
Umar Chag’miniy


12 
Havo namligi ortiq bo’lsa, yoki havo harorati o’ta yuqori bo’lsa, ko’pgina 
kasalliklarni zo’riqishini aytib o’tgan. Ibn Sinoning gigiyena fanining bazi bir 
yo’nalishlariga bag’ishlangan “Urjuza” kitobi bеbaho manba hisoblanadi. 
Jumladan, mе'yorli uyquni, sеrharakat bo’lishlikni, mе'yoriy ovqatlanishni, to’g’ri 
sog’lom turmush tarzini shakllantirish to’g’risida maslahatlar bеradi. Salomatlikni 
saqlash haqida, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni, badanni chiniqtirishni, 
mizojni uyg’unlashtirishni, kun tartibiga rioya qilishni, jismoniy mashg’ulotlar 
bilan shug’ullanishni hammomlardan foydalanishni, og’iz bo’shlig’i va tishlar 
gigiyenasiga etibor bеrishni, parvarish qilishni, organizmni o’z vaqtida 
tozalanishiga etibor bеrish va boshqalarni amalga oshirish sog’liqni saqlashdagi 
asosiy omillar ekanini fikrlarni o’z asarlarida kеltirganlar. 
Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga doir asarlari bir necha asrlar davomida 
tibbiyot fanining nazariy va amaliy asosi bo‘lib keldi. Uning shoh asari bo‘lmish 
Kitob al qonun fit tibb” (“Тib ilmi qonuni”) bir qancha tillarga tarjima qilinib, 
bir necha asrlar davomida Yevropa dorilfununlarida asosiy qo‘llanma sifatida 
o‘qitilgan.Ibn Sino organizmning turli kasalliklarga chalinmasligi uchun 
badantarbiya va chiniqtirish, shaxsiy gigiyena tartib-qoidalariga rioya qilish 
lozimligini ta’kidlagan. Abu Ali ibn Sino tib ilmini rivojlantirish bilan birga
kasalliklarni oldini oluvchi , odamni muhofaza qiladigan tadbirlar, ya’ni 
profilaktika amallaridan keng foydalanishni tavsiya qilgan. Avvalo, insonning 
pokizaligi, tabiatning musaffo va so‘limligi, ovqatlanishning rejaliligi, hammom, 
jismoniy tarbiyaning zarurligini buyuk tabib ravon izohlab berdi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling