Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida
XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik
Download 0.99 Mb.
|
konstitutsiya uz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KONSTITUTSIYANI OʻZGARTIRISH TARTIBI
XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik152-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi. 153-modda. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega. OLTINCHI BOʻLIM. KONSTITUTSIYANI OʻZGARTIRISH TARTIBI154-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek Konstitutsiyaning normalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutilishi mumkin. 155-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda konstitutsiyaviy qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konstitutsiyani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil oʻtgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin”. 2-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. 3-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid boʻlmagan qismida qoʻllaniladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling