Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida
Download 0.99 Mb.
|
konstitutsiya uz (2)
4-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼi nazar, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan eʼtiboran toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi.
5-modda. Amaldagi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan eʼtiboran oʻz faoliyatini ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan vakolatlarga muvofiq amalga oshiradi. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 92-moddasi uchinchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining saylanadigan (tayinlanadigan) aʼzolari sonini belgilovchi qoidalari 2024-yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi boshlanganidan amalga kiritiladi. 6-modda. Tegishli normativ-huquqiy bazani tayyorlash, mahalliy vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatining izchilligi hamda uzluksizligini taʼminlash zarurligi munosabati bilan ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 120-moddasi uchinchi qismining viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi haqidagi qoidalari: viloyatlar hamda Toshkent shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan 2024-yilda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovlari yakunlari boʻyicha; tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan esa 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi. 7-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning davlat hokimiyati mansabdor shaxslarining vakolat muddatlari, saylanish (tayinlanish) tartibi va (yoki) shartlarini oʻzgartiruvchi va (yoki) boshqacha tarzda taʼsir qiluvchi qoidalari ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda mazkur lavozimlarni egallab turgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi hamda mazkur shaxslar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda koʻrsatilgan lavozimlarni egallaganligi va (yoki) egallab kelayotganligining surunkali muddatlari sonidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari bilan teng ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining talablariga, shu jumladan ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi talablariga muvofiq mazkur lavozimlarga saylanishga (tayinlanishga) haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining oʻziga nisbatan yangi saylanish shartlari va vakolatlar muddati joriy etilayotgan amaldagi sudyalari oʻz vakolatlarini ular saylangan muddat tugaguniga qadar davom ettiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakant sudyalik lavozimlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan tartibda toʻldiriladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling