Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


Download 0.99 Mb.
bet22/38
Sana26.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1655868
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
konstitutsiya uz (2)

100-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:

  1. Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

  2. Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

  3. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

  4. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

  5. parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

  6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish koʻradi;

  7. Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;

  8. ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling