O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
V) Abdulla Avloniy, Behbudiy, Hamza va boshqalarning pedagogik
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdulla Avloniy
- Hamza Hakimzoda Niyoziy
V) Abdulla Avloniy, Behbudiy, Hamza va boshqalarning pedagogik
qarashlari va yosh avlodni kamol toptirish yo‘lidagi xizmatlari. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida va pedagogik fikrlarning rivojida milliy madaniyatni, halq ta'lim tizimini yo‘lga qo‘yishda katta hizmat qilgan adib, iste'dodli pedagog, o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti Abdulla Avloniy (1878-1934) alohida o‘rin tutadi. O‘z halqiga hizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma'naviyatini shakllantirishda shoir katta e'tibor bergan edi. Pedagog ijodining bosh masalasi barkamol insonni tarbiyalashdan iborat bo‘lgan. Bu xususiy ish emas, har bir halqning taraqqiy qilish, davlatning qudrati bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga bog‘liqdir. Adib tashkil etgan maktablar erkin va insonparvarlik asosida tuzilganligi, ilmlarni keng va chuqur o‘rgatish, ta'lim mazmunini ilmiylashtirish, tovush metodidan foydalanishi bilan eski maktablardan ajralib turadi. Yangi o‘zbek maktabi uchun alifbo va darsliklar yarati. Darsliklarda o‘zbek va boshqa halqlar og‘zaki ijodidan keng foydalandi, ta'lim mazmuni millatimizning istiqboliga qarab belgilandi, ularda o‘zbek so‘z san'atidan durdonalar o‘z aksini topdi, ajdodlarimizning ta'lim-tarbiya berish urf-odatlari katta o‘rin oldi. Buyuk o‘zbek shoiri va dramaturgi, yetakchi pedagog, o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) o‘zining o‘qituvchilik faoliyatida ta'lim-tarbiya masalalari bo‘yicha muhim g‘oyalarni ilgari surdi. O‘zining jasurligi, jasorati, g‘ayrati va tashabbuskorligi bilan butun o‘sha paytdagi jamiyat oldida ajralib turadigan inson edi. U o‘zining butun hayoti, mehnati va ijodini yosh avlodni bilimli va kasbga ega bo‘lishiga bag‘ishladi, kambag‘allar uchun maktablar qurdi, ular uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratdi. O‘z asarlarida xalq maorifini demokratik asosida qayta qurish, uning yangi tizimini yaratish, insonni kamoliga yetkazish, yuqori fazilatlarga ega qilish fikrlarni bildiradi. Ta'lim va tarbiya, ilm va odob, hunar va ma'naviyatni o‘z ichiga olgan yaxlit jarayon bo‘lishi kerak deb xisoblaydi. Shoir xotin-qizlarga ular ham oila va jamiyat oldida hurmatga sazovor deb hamma qatori teng huquq berish, paranjasini olib tashlash, ularni ham maktablarda o‘qitish, jamiyat ishlarida ishtiroq etishga chaqiradi. Shuningdek, buyuk allomalarimizning pedagogik qarashlari hozirgi kunda ham yosh avlodni kamol toptirish yo‘lida, kuchli bilim va kasbga ega bo‘lishiga yaxshi ta'lim berish, vijdoniylik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash borasida qimmatli fikr va g‘oyalari e'tiborimizni o‘ziga jalb qiladi. Har bir tilimizga olgan ulug‘ ajdodlarimiz ismi biz uchun benihoyat qadrilidir, chunki ular butun mehnati, ijodi va kuch-quvvtini o‘zbek halqi rivojlanishiga sarf qildi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling