O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Oliy ta'lim xodimlarini tayyorlash va qayta
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Oliy ta'lim xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish bosh boshqarmasi Ilmiy-metodik ishlari bosh boshqarmasi 102 xaqida ko‘p axborotlarga ega bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy-ma'rifiy yangilanishini, ijgimoiy muhofazaga yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq, fuqarolik jamiyati qurmoqda. Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari, o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim; umumiy o‘rta ta'lim; o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim. Oliy o‘quv yurtiga talabalar qabul qilish xalq, ho‘jalikka kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq davlat grantlari va to‘lov-shartnoma asosida belgilanadi, xalq ta'limining o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan ehtiyojiga qarab tanlov asosida talabalikka qabul qilinadi. Oliy ta'lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki: bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha fundamental nazariy va amaliy bilim beradigan. ta'lim muddati to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir. Bakalavrlik dasturi bajarilgandan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan egallagan kasbi bo‘yicha bakalavr darajasida davlat namunasidagi diplom beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar faoliyati hamda o‘z kasbi bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus kasb-xunar muassasalarida o‘qituvchilik bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Magistratura - anik, mutaxassislik bo‘yicha global yondoshuvidagi aniq bir fanlar majmuasiga qaratilgan fundamental nazariy va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negnzida ta'lim muddati ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar faoliyati hamda o‘z kasbi bo‘yicha o‘rta, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy o‘quv muassasalarida o‘qituvchilik, ilmiy izlanish bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Oliy o‘quv yurtlari o‘zining tuzilishi bilan maktablardan keskin farq qiladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling