O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Rektor
Ilmiy kengash O‘quv, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy, halqaro aloqa, litsey va kolejj, moliya va iqtisod (xo‘jalik) ishlari bo‘yicha prorektorlar 104 rahbarlik qilish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari hamda dissertatsiyalarga rahbarlik qilish kabi ishlarni tashkil etadi. Kafedra a'zolari talabalar orasida ma'naviy-ma'rifiy, tarbiya ishlarini amalga oshiradilar, o‘quv rejalari, dastur, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma'ruza matnlarini ishlab chiqib, nashrga tavsiya etadilar, ilmiy ishlar olib borish, aspirant va doktorantlarga rahbarlik qilish, himoyaga tavsiya etish, sinovdan o‘tkazish, tavsiyalar berish; talabalarning ilmiy ishlariga rahbarlik kilish, ilmiy pedagogik, ma'naviy- ma'rifiy bilimlarni targ‘ib etish kabi ishlar kafedra tomonidan tashkil etiladi. Fakultet dekani va uning o‘quv ishlari va ma'naviyat-ma'rifat ishlari bo‘yicha muovinlari oliy ukuv yurti hayotida yetakchi vazifani bajaradilar. Dekanat oliy dargoh ma'muriyati amalga oshirayotgan barcha ishlar yuzasidan fakultetda nazorat qilish huquqiga ega bo‘lib, butun jamoaning kuch-g‘ayrati jamiyat oldida turgan ta'lim-tarbiya, ma'naviy- ma'rifiy ishlar, tashkiliy, xo‘jalik va boshqa vazifalarni hal qilishga safarbar etadi. Fakultetning har bir kursida talabalarning soniga qarab akademik guruhlarga bo‘linadi. Har bir akademik guruhga talabalardan biri guruh sardori qilib dekanat tomonidan tayinlanadi. Guruh a'zolari o‘zlari kasaba uyushma a'zolaridan raisni, redkollegiya a'zolari, maishiy sektor va boshqalarni saylaydilar. Talabalar guruhidagi o‘quv-tarbiya ishlari, jamoa tashkilotlari faoliyatiga pedagogik rahbarlikni amalga oshirish uchun kafedra a'zolaridan kurator yetakchi tayinlanadi. Oliy o‘quv yurti miqyosidagi barcha masalalar Ilmiy kengashida muhokama etiladi va tegishli karorlar chiqariladi. Ilmiy kengash a'zolarini dekanlar, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar tashkil etadi. Rektor barcha masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tegishli bo‘limlarida hal etadi, hisobot beradi. Universitet, institut, akademiya faoliyatida kasaba uyushma ko‘mitasi ham faoliyat ko‘rsatadi. Har bir fakultetda kasaba uyushma tashkilotining raisi boshchiligida professor-o‘qituvchi va talabalar mehnatini muhofaza qilish, salomatligiga va dam olishlariga ko‘maklashish, moddiy ta'minotini nazoratga olish va to‘g‘irlash ma'lum ishlar amalga oshirib boriladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling