O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Shaxsning shakllanish va
rivojlanishining omillari Ta’lim -tarbiya O’z shaxsining faolligi Irsiyat Atrof-mihit 106 jismoniy ko‘rinishi hamda aqliy va ruhiy xususiyatlari, qobiliyatlari bilan) berilgan xos tug‘ma tashqi va ichki xususiyatlar, xatto ayrim kasalliklar bilan dunyoga keladi. Tug‘ilgandan so‘ng bolada (aqliy va ruhiy sog‘lom tug‘ilgan bo‘lsa) shaxs bo‘lib shakllanishi, yetuk inson bo‘lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola o‘zining biologik belgilarni qabul qilib olib, birinchi kunlaridayoq aqliy, ruhiy va jismoniy-fiziologik tomonlari bilan o‘sishini boshlaydi. Genetika fani odam rivojlanishining irsiy dasturini ochib berdi. Bu dasturga binoan odam bo‘lish umumiyligi va xususiyligini, insoniyat qabilasi davomiyligini va odam organizmiga yordam berayotgan tizimlarning rivojlanishini, faqat odamga mansub nutq, to‘g‘ri yurish, mehnat faoliyati va tafakkurini, miya va tana tabiiy o‘sishini aniqlaydi, Ota- onalardan bolaga tashqi alomatlari, jumladan, badan, bosh suyagi va yuz tuzilmasining xususiyatlari, soch, ko‘z, teri ranglari, organizmdagi har xil oqsil modda birikmasi, qon guruhi, rezus-faktor hamda ruhiy jarayonlarini olib o‘tadigan nerv tizimining xususiyatlari va bir necha kasalliklar ( qon kasalligi - gemofiliya, qand kasalligi - diabet, pakanalik va h.k.) o‘tadi .Avlodiga ota-onaning fan, san'at, sport bilan shug‘ullanish, ko‘p kitob o‘qish, musiqa chalish, teatr sahnasida o‘ynash, o‘qituvchilik va murabbiylik qilish ijobiy ta'assurot qoldiradi. Zero, aksinchasi, shular bilan shug‘ulanmaslik hamda ota-onaning alkogol va giyohvand moddalarni iste'mol qilish, yuqumli va venerologik kasalliklarga uchratish, tamaki chakish, umumiysi - ma'naviysizlik va sog‘lomsizlik turmush tarzini kechirish keyingi nasliga salbiy ta'asurot qoldirmoqda. Mutaxassis-o‘qituvchi o‘quvchi bola shakllanishining irsiy masalalariga to‘g‘ri yondashishi hozirgi zamon pedagogikasi talab qiladi. Bolaning tug‘ma bo‘lgan temperamenti, aqliy salohiyati, biron ishga layoqatligi, bilimlarni o‘rganish va malakalarni amalga oshirish tezligi, tushunish saviyasi va o‘zlashtirish darajasini birinchi kunlaridayoq tekshirib hamda bilib olishi shart. Bu organizm xususiyatlari har bir odamning gen kodida belgilangan. Masalan, bolaning ta'lim- tarbiyasiga temperament turi (sangvinnik, xolerik, flegmatik, melanxolik), uning mobil (faollik, chaqqonlik, tezlik, uyushqoqlik) yoki rigidligi (aksinchalari), ekstravertligi (dilkashlik, fe'lining epchilligi, moslashmoqligi) yoki introvertligi (aksinchalari hamda kamtarlik, o‘zini yetarli darajada xis qiladigan) asabi mustahkam yoki mustahkam emasligi katta ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling