103
Ilmiy bo’lim rahbari
Magistratura rahbari
Fanlar bo‘yicha kafedra mudirlari
Aniq, bakalavriat kasb
yo‘nalishlariga qaratilgan
fakultet rahbarlari (dekanlar)
O‘quv, o‘quv-metodik bo‘lim
rahbarlari
Professor o‘qituvchilar tarkibi
Ma’naviy-ma’rifiy
bo’limi
Akademik-litsey va kasb-
hunar kolejlari bilan
ishlash bo‘limi
Moliyalashtirish va kapital qurilish bosh boshqarmasi
Oliy ta'lim muassasasi (oliy o‘quv yurti) boshqaruv tuzilmasi
Barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish ishlari o‘quv yil va semestrlarga (yarim
yillik) taqsimlangan. Talaba semestr davomida ma'lum kurslar bo‘yicha ma'ruzalar
tinglab, ularni amaliy o‘zlashtirib, ayrim mavzulardan mustaqil tayyorlanib, test va
yozma ishlarni topshiradi va ularning belgilangan mikdorni bajarishi shu semestr yoki
o‘quv yili ijobiy tugallashga olib keladi. Barcha oliy ukuv yurtlari oliy va o‘rta
maxsus ta'lim vazirligi tasarrufida. Institut, universitet va akademiyalarda rahbarlikni
yirik olim, akademik yoki professor, fan doktori, tashkilotchilik va rahbarlik
malakasiga ega bo‘lgan rektor amalga oshiradi. Rektor rahbarligida ma'naviyat-
ma'rifat ishlari bo‘yicha, o‘quv ishlari buyicha, ilmiy ishlar buyicha, litsey va kollejlar
bilan aloqa va hamkorlik ishlar bo‘yicha, xo‘jalik va kapital qurilish ishlari bo‘yicha
prorektorlar tomonidan boshqariladi. Har bir oliy dargohning eng yirik o‘quv va
ma'muriy bo‘limi - bu o‘quv-uslubiy bo‘limlar, kafedralar va fakultet-lardir. Uni
dekan boshqarib, rahbarlik qiladi. Dekan fakultetdagi o‘quv-tarbiya ishlarini,
kafedralar faoliyatini uyushtiradi, talabalarni attestatsiyalardan o‘tkazish, har bir
o‘qitilayotgan fan bo‘yicha joriy, oraliq hamda yakuniy nazoratlar qilish, ularning
ijobiy natijalarida kursdan kursga ko‘chirish, semestr va o‘quv yillarni yakunlash,
bitiruv ishlari himoya qilishlarni uyushtirish, talabalarga davlat nomidan berkitilgan
qonuniy tarzda stipendiyalar va boshqa moddiy yordamlar berish kabi ishlarni amalga
oshiradi, ularga rahbarlik qiladi. Har bir fakultetning ilmiy kengashi faoliyat
ko‘rsatadi. Unga dekan raislik qiladi. Fakultetning hayotiga oid muhim masalalar
Ilmiy kengashda muhokama qilinadi. Fakultet kengashi a'zolarinn yetakchi professor-
o‘qituvchilar hamda
iqtidorli, a'lochi, o‘zlarini faol ko‘rsatgan talabalar tashkil etadi.
Oliy o‘quv yurtidagi o‘quv ishlari, ilmiy tadqiqotlar, o‘quv-metodik, ma'naviy-
ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarni kafedralar amalga oshiradi. Kafedra umumiy
fakultetlararo yoki fakultet qoshida bo‘ladi. Kafedra mudiri rahbarligida professor,
dotsent, o‘qituvchi, assistent, kabinet mudiri va laborantlar ma'ruza, amaliy, seminar,
laboratoriya mashg‘ulotlarni o‘tkazish, mustaqil ishlar va pedagogik amaliyotga
Do'stlaringiz bilan baham: