109
ta'sirlar ko‘rsatadi, bor qobiliyatlarini o‘stiradi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqaradi yoki ahti-paymon qiladi.
B) Biologik omil. Atrof-muhit. Ta'lim-tarbiya.
Muhit - bu shaxsga ta'sir etuvchi tashqi voqyea, vaziyat va hodisalar birikmasidir.
Jumladan, shaxsning hayoti va faoliyati:
Tabiiy muhit - shahar yoki qishloq, tog‘ yoki tekislik, o‘rmonzor yoki cho‘l,
suvdan ser yoki suvi kam xudud, iqlimi issiq yoki sovuq, quyosh yoki yomg‘ir kunlari
ko‘pmi-kammi, ekologik toza yoki xavfli joy va boshqa.
Ijtimoiy muhit - shaxs yashayotgan davlat iqtisodiyoti, siyosati, jamiyatda
o‘rnatilgan xalqning turmush tarzi, iste'mol qiladigan narsalarning to‘qligi, oladigan
maosh yetarligigi, shaxs huquq, erkinlik va manfaatlarini muhofaza qilishi.
Oila muhiti - ota-onaning jismoniy va ruhiy sog‘lomligi, oilada o‘rnatilgan
munosabatlar, bolaga nisbattan sevgi va hurmat izhori, oila a'zolarining kasblari va
jamiyat oldidagi bor hurmatlari, madaniyat va san'atga intilishlari, oila ichida
iqtisodiy va ma'naviy eson-omonligi.
Tashqi muhit - maxallada, qo‘shnilar, ish va o‘quv joylardagi jamoalar bilan
munosabatlari, sinf va kursdoshlari, do‘stlari bilan aloqalari, ularning manfaatlari va
ular bilan qilinadigan xatti-harakatlari va ishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: