O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Tayanch  so‘zlar:  Jamiyat,  talab,  ehtiyoj,  pedagogik  jarayon,  boshqarish, 
predmet,  ob'yekt,  inson  sifatlari,  metodologiya,  didaktika,  mustaqil  ish,  ijodiy  ish, 
o‘zlashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish. 
 
A)    Jamiyatning  talab  va  ehtiyojlari.  Inson  va  jamiyat  hayoti.  Pedagogik 
jarayonini boshqarish. 
Boshqa fanlar kabi kasbiy pedagogika ham fan sifatida shakllanar ekan, u avvalo 
jamiyatning  talab  va  ehtiyojlari  asosida  paydo  bo‘ldi.  Aql-idrokli  kishilar  jamiyati 
paydo  bo‘lishi  bilan  tafakkur  va  nutq  o‘sib,  odamlarda  mehnat  faoliyati  jarayonida 
ishlab chiqarish tajribalari, mehnat qilish va mehnat qurollarni yasash va ishlata bilish 
ko‘nikmalari hosil bo‘ldi, bu qurollarni takomillashtirish qobiliyati kamol topa bordi. 
Kattalar  turmush  tarzi  va  mehnatda  orttirgan  tajribasi  asosida  yoshlarni  ham  ish 
qilishga o‘rgatdi, ularni tabiat, oila va jamiyati oldida muvaffaqiyatli bo‘lish, jamoa 
talablariga mos kelish uchun tarbiyalaydi. Inson va jamiyat hayotining turli sohalarida 
orttirgan  tajriba,  tabiat  va  ijtimoiy  hayotdagi  bilimlarning  boyib  borishi  bilan  ularni 
yosh  avlodga  uzatishi  ham  murakkablasha  borishi  aniq  ko‘rindi.  Ta'lim-tarbiya 
mohirlik va ishning ko‘zini bilishni talab eta boshladi. Shunday qilib, ta'lim-tarbiyani 
anglash, tajribalarni o‘rgatish odamizot jamiyati amaliy ehtiyojining zaruratidan kelib 
chiqdi  va  insoniyat  bilan  birgalikda  taraqqiy  eta  bordi.  Insoniyat  jamiyatning  turli 
bosqichlarida  ta'lim-tarbiya  muassasalarini  yaratish,  yosh  avlodlarni  o‘qitish  va 
tarbiyalash  sohasidagi  tajribalarni  nazariy  jihatdan  anglash,  umumlashtirgan  va 
hayotga tadbiq qilish jarayonida pedagogika fani paydo bo‘la boshladi. 
      Pedagogik  jarayonini  boshqarish  haqida  gapirilganda,  o‘qituvchining  ta'lim-
tarbiya  ob'yektini  chuqur  bilishiga  asoslangan  harakatlarini  rejalashtirish  nazarda 
tutiladi.  Butun  o‘qitish-tarbiyaviy  jarayon  davomida  ta'lim-tarbiya  ob'yektini  bilish, 
unga  pedagogik  ta'sir  ko‘rsatish  vazifalari.  o‘qitishning  mazmuni,  metodlari  va 
shakllarini aniq va ravon belgilashga, ya'ni shaxsning tarkib topishini muvaffaqiyatli 


44 
 
boshkarishiga  imkon  beradi.  Pedagogik  jarayon  boshkaradigan  jarayon  bo‘lib,  bir 
qator ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni hal etishni talab qiladi. Bu vazifalar, o‘z navbatida, 
pedagogik  jarayon  amalga  oshiriladigan  pedagogik  tizimning  pirovard  maksadlariga 
bo‘ysindirilgan. 
  U yoki bu pedagogik tizim bir qator belgilari:  pedagogik maksadlari, mazmuni, 
o‘quvchilar yoshi, pedagog malakasi, o‘tib borayotgan pedagogik jarayonning shart - 
sharoitlari,  shakl  va  vositalar,  mazmun  va  metodlar  bilan  farq  qiladi.  Pedagogik 
tizimlar fan sifatida pedagogikaning asosiy va murakkab tekshirish ob'yektidir. 
Ijtimoiy hayotning boshqa hamma soxalarida bo‘lgani kabi ta'lim-tarbiya sohasida 
ham  ilmiy  asoslarni  ishlab  chiqish  zarur, busiz  ta'lim-tarbiyaning  amaliy  vazifalarini 
muvaffaqiyatli hal etib bo‘lmaydi. Kasbiy  pedagogika, ta'lim va tarbiya masalalarni 
tekshirar  ekan,  avvalo  yangi  mustaqil  davrdagi  jamiyat  qurish  vazifalaridan    kelib 
chiqadi.  U  O‘zbekiston    siyosati  milliy  mafkurasi  bilan  mustahkam  bog‘langan, 
davlatimiz  tomonidan  oldiga qo‘yilgai  yangi qurayotgai  jamiyat  extiyojlaridan kelib 
chnqadigan vazifalarni bajaradi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling