O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
B) Kasbiy pedagogikaning predmeti va ob'yekti. Komil inson sifatlari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Kasbiy pedagogika" fanining obyekti bo‘lmish barcha oily
B) Kasbiy pedagogikaning predmeti va ob'yekti. Komil inson sifatlari.
Metodologik asoslar. Pedagogik-psixologik asoslar. Didaktik tayyorgarlik. Tarbiya berish. Mustakil va ijodiy ishlar. Kasbiy pedagogikaning predmeti - oliy o‘quv yurtlarda tahsil olayotganBakalavriat bosqichi talabalarini egallayotgan bazaviy tayanch mutaxassisligibo‘yicha turli xil o‘quv yurtlardagi o‘quvchilarni tarbiya, bilim berishga o‘qitish,ularning ilmiy pedagogik nazariya va amaliyotini ijodiy rivojlantirish, yoshmutaxassislarga kasbiy va pedagogik ta'lim berish tizimini ishlab chiqishdan iboratdir. Kasbiy pedagogikani o‘rganish bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va sport treneri uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Jismoniy tarbiya barkamol avlod ta'lim- tarbiyasining muhim vositasidir. U axloqiy, aqliy, estetik, mehnat tarbiyasi va kasbiy ta'lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, sport trenerining vazifasi faqat o‘quvchilarning jismoniy sifatlari va maxsus harakat ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishgina emas, balki, eng asosiysi - har tomonlama rivojlangan insonni, barkamol avlodni tarkib toptirish hamdir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal ztish uchun jnsmoniy tarbiya o‘qituvchisi va sport treneri ta'lim-tarbiyaning ob'yekti, predmeti, umumiy maqsadi xamda vazifalarini yaxshi bilishi, ta'lim - tarbiyaning mazmuni, metodlari va shakllarini o‘zlashtirishi kerak. Ular halq va ilmiy ta'lim-tarbiya pedagogika va metodikasini yaxshi egallagan bo‘lishlari, nazariy bilimlarni o‘zlarining pedagogik faoliyatlari tajribasida mohirona qo‘llay olishlari kerak. Shuiing uchun xalqimizning an'ana va qadriyatlarini, buyuk 45 mutafakkirlarning fikr va g‘oyalari, O‘zbekiston Respublikasi Kontitutsiyasi va boshqa ta'lim-tarbiyaga qaratilgan qonunlarining mazmun-mohiyatini, Prezidentimiz yoshlarga bag‘ishlagan sermazmunli so‘zlarini, ilg‘or pedagogik nazariyani chuqur tushungan xolda zgallab olmay turib, yosh jamiyatimizning ta'lim-tarbiya vazifalarini hal ztish mumkin emas. O‘zbekiston mustaqil bo‘lishi bilanoq davlat va jamiyatimiz yosh avlod ta'lim-tarbiyasi ishlariga katta e'tibor bermoqda. Hozirgi O‘zbekistonning ta'lim-tarbiyasining asosiy o‘ziga xos xususiyati shaxsni har tomonlama kamol toptirish, chuqur ma'lumotli, yuksak g‘oyali, aqliy, ma'naviy hamda jismoniy jihatdan yetuk inson etib yetishtirish maqsadini ko‘zda tutadi va uzluksiz ta'lim ishlarini shu nuqtai nazardan yo‘lga qo‘yadi. Yurtboshimiz mustaqilligimiz dastlabki kunlaridayoq oila, jamiyat va maktablarimizda barkamol avlodni o‘stirish, yoshlarga ta'lim berish va tarbiyalash ishlarini milliy g‘oya maqsadiga qaratish, yosh avlodimiz yangi demokratik va gumanistik jamiyat qurish masalalarini to‘laqonlik bilan anglash va bor kuch-qudrati bilan davom ettirish uchun ularga yangi fikr va g‘oyali muallim - o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kerakligini uqtirib o‘tganlar. Kasbiy pedagogika fani jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va sport treneridan pedagoglik va murabbiylik amaliyotida o‘quvchilarni ta'lim-tarbiyaning vosita va metodlarini tanlashda, turli hil maktablarda, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarilarda, oliy ta'lim muassasalarida kasb amaliy tayyorgarlikni amalga oshirishda muxim o‘rin egallaydi. Shuning uchun kasbiy pedagogika faniga oliy ta'lim muassasalarida alohida talab qo‘yiladi. Oliy o‘quv yurtlarida tarbiyalanayotgan talabalarni pedagogik mahoratini oshirishda va ularni hayotda qo‘llay olish bo‘yicha asosiy ixtisoslik fani bulib pedagoglar tayyorlash tizimini ajralmas bug‘ini bo‘lib hisoblanadi. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, kasbiy pedagogika ham fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega bo‘ldi. Pedagogika ta'lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta'lim standartlari, ta'lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqida bilim, ma'lumot beradigan fanga aylandi. Pedagogika atamasi ham qadimiy bo‘lib, “bola yetaklovchi” degan ma'noni bildiruvchi yunoncha “paydogogos” so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya'ni qullarni “pedagog” (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan. O‘zligini anglash, birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug‘ siymoligini anglash va o‘zida unga amal kilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma'naviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. YUqorida sanab o‘tilgan ikki sifat komil inson sifatning asosini tashkil etadi. Chunki komil inson hamma sifatlarini tarbiya 46 sohasidagi ilmlarni xulosalab, mujassamlashtirilsa, ular sakkizta asosiy fazilatlargaylanadi: yaxshi fikr pokiza odob-ahloq go‘zal fe'l-atvor xushgo‘y muomalalik halol ish, ezgu sabr-toqat, yuqori kuch-g‘ayrat ma'noli mardlik Ushbu sifatlar o‘qitishning, ta'lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy o‘quv, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim, ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat bo‘lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanining predmeti o‘qitishning ta'lim-tarbiya zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari. vositalari bilan kelajak yosh mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma'naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Ta'lim berish, o‘qitishning vazifasi yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ruyobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta'minlash, o‘zi xohlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu sohada faoliyat ko‘rsatish uchun moddiy-ma'naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta'limning har bir bo‘g‘ini turi va bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi. Fanlar tizimida kasbiy pedagogikaning tutgan o‘rni shu bilan belgilanadiki, u shaxsni kasbiy ta'lim tahsil olishida shu kasbni kelajak o‘qitish jarayonida o‘quvchini rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma'lumotli qilish va o‘qitish qonuniyatlari borasida bilim oladi. Shu sababli, shaxs, o‘quvchi, tarbiyalanuvchini ob'yekt deb bilamiz, uni shu kasbni o‘qitish jarayonida rivojlantirish, shakllantirish, ta'lim va tarbiya berish kasbiy pedagogikaning predmeti deb ataladi. Shaxs turli omillar ta'sirida shakllanadi. Tarbiya esa shaxsni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi omillardan biridir. Pedagog - mutaxassislar turli vositalar va usullar orqali ma'lum maqsadni ko‘zlagan holda o‘zlarida ma'lum xislatlarni hosil qilish va rivojlantirishni xohlaydilar. Shunday qilib, tarbiya shaxsni muayyan yo‘nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta'sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatidir. Ta'lim maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar rahbarligida amalga oshiriladigan bilim berish jarayonidir. 47 Ta'lim pedagoglarning (bilim berish) faoliyatidan va o‘quvchi-talabalarning (bilim olish, o‘qish) faoliyatlaridan iborat qo‘shaloq jarayondir. Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilmiy bilimlar bilan qurollanadi. Buning natijasida ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma'lumot ta'lim- tarbiya jarayonining natijasi orqali to‘plangan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi va shakllangan ma'naviy fazilatlar majmuidir. Ma'lumot olishning to‘g‘ri va ishonchli yo‘li davlat ta'lim standartlari bo‘yicha bilim beradigan, aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o‘quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta'lim-tarbiya jarayonidir. Shuning bilan "Kasbiy pedagogika" fanining ob'yekti bo‘lmish barcha oily Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling