O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


maqsadi  bo‘lg‘usi  mutaxassislarga  o‘zlari  tanlagan  ixtisoslik  bo‘yicha


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

maqsadi  bo‘lg‘usi  mutaxassislarga  o‘zlari  tanlagan  ixtisoslik  bo‘yicha: 
pedagogik bilim va malakalarini shakllantirish va mustahkamlash, milliy istiqlol 
g‘oyasini  yoshlar  ongiga  singdirilishi  davrida  yangicha  tafakkur  va 
dunyoqarashni  shakllantirishning  pedagogik-psixologik  tamoyillari,  shart-
sharoitlari  to‘g‘risida  bilimlar  berish,  shaxs  barkamolligiga  aloqador  tarbiya 
vositalarini o‘z faoliyatlarida qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat 


58 
 
Kasbiy  pedagogika  fanning  haqli  ravishda  tabiatning  oliy  mahsuli  -  insonning 
ma'naviy  shakllanishi,  uning  shaxs  sifatida  rivojlanish,  komil  insonni  shakllanish 
qonuniyatlarni, mutaxassislik asoslarini o‘rgatuvchi ustuvor fanlardan biriga aylanadi.  
Oliy  maktabning  vazifalari  kasb  va  pedagogik  nazariyani  mukammal  egallagan, 
o‘z  mutaxassisiligi  bo‘yicha  har  tomonlama  chuqur  va  mustahkam  bilimga  ega 
bo‘lgan,  mustaqil  tafakkur  qila  oladigan,  davlat  va  jamiyat  siyosatini  xalq  oldida 
targ‘ibot  qilishga  layoqatli,    e'tiqodli,  ijodkor,  tartib-intizomli  bo‘la  oladigan 
ma'naviyatli yetuk insonni tarbiyalashdan iborat. Talabalarimiz fan-texnika-madaniyat 
taraqqiyotini  jadallashtirishda  murakkab  asbob-uskunalar  bilan  ish  yurita  oladigan, 
kasbi va pedagogikadan chuqur bilimdon bo‘lishlari davr talabi bo‘lib qolmoqda. 
Tajriba  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  oliy  o‘quv  yurtlarga  endi  kirgan  talabalarning 
ko‘pchiligi yangi hayotga, ya'ni oliy ta'lim tizimining o‘ziga xos, maktab paytlaridagi 
umuman  o‘xshamaydigan    talablariga  ruhiy  qiyinchiliklar  bilan  ko‘nikadi,  o‘zi 
tanlagan kasbi haqida yetarli axborotlarga ega emas, oliy dargoh shakl va metodlarini 
sekinlik bilan o‘zlashtiradi, o‘z mashg‘ulot va mustaqil vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtira 
olmaydi,  ulardan  unumli  foydalana  olmaydi,  boshiga  tushgan  juda  ko‘p  yangi 
tasavvurlardan  qo‘rqib  qoladi  va  qiyinchiliklar  bilan  ularni  o‘taydi,  o‘zining  intilish 
va  irodasini  shu  murakkab,  ba'zan  og‘ir  xatti-xarakatlarga  sekin  moslashadi. 
Pedagogik  va  psixologik  fanlar,  shu  jumladan  “Kasbiy  pedagogika”    fani  o‘qitilishi, 
oliy  o‘quv  yurtlarida  rejalashtirilgan  tarbiyaviy  ishlar  tizimi  jarayoni  oliy  maktab 
hayotiga  tezroq  moslashtirish,  uning  sharoitini  o‘zlashtirib  olishda  ko‘maklashish, 
bilim  va  malakalarni  yaxshi  o‘rganishda  yordam  berish,  kelajak  kasb  haqida  to‘liq 
ma'lumot  berish,  unga  qiziqtirish,  maxsus  va  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  pedagogik-
psixologik  fanlar  bilan  birgalikda  bakalavriat  bosqichini  to‘liq  o‘zlashtirishga 
tayyorlash maqsadida ham o‘tilmoqda.       
“Kasbiy pedagogika” fani talabalarga pedagogikaning qisqacha taraqqiyoti tarixi, 
pedagogik tizimlarning tuzilishi, kasbiy pedagogikaning maqsad va vazifalari, o‘quv 
jarayonni  ilmiy  asosda  tashkil  etish,  ta'lim-tarbiya  tizimining  shakllari,  davlat  ta'lim 
standarti,  o‘quv  reja,  o‘quv  dastur,  darslik  va  qo‘llanmalarining  mazmuni,  ilmiy-
tadqiqot  ishlari,  o‘quvchi-talabalar  bilimini  nazorat  qilish  va  baholashning  joriy, 
oraliq,  yakuniy  reyting  tizimi  haqidagi,  shuningdek,  kundalik  faoliyat  tartibi  va 
mustaqil  ishlarni  tashkil  etish,  amaliy,  seminar  va  laboratoriya  mashg‘ulotlarni 
o‘tkazish,  o‘quvchi-talabalarning  huquq  va  burchlari,  maxsus  kasbiy  va  pedagogik 
kitob,  risola,  maqola  ustida  ishlash  kabilar  bilan  tanishtiradi.  Ushbu  fanda  o‘quv 
materiallarning  puxta  o‘zlashtirilishi  uchun  harakatlar  qilinishi  lozimligi,  o‘quvchi-
talabalarni  reyting  tizimi  asosida  sinov-imtihonlarga  tayyorlash  hamda  ularni 
o‘tkazishni  tashkil  qilish,  o‘quvchi-talaba  o‘quv,  aqliy  va  jismoniy  faoliyati,  uning 
turmush  tarzi,  madaniyati  va  dam  olishini  tashkil  etish  singari  masalalarga  ham 
alohida o‘rin ajratilmoqda. 


59 
 
Yangi avlodni kamol toptirmay, jamiyatimizning ilmiy, moddiy-ma'naviy bazasini 
yaratmay  turib,  mustaqilligimizni    takomillashtirib  bo‘lmaydi.  Bu  ulug‘vor  vazifani 
amalga  oshirish  uchun  bo‘lajak  mutaxassis-pedagoglar  ham  yangi  insonni 
shakllantirish  va  rivojlantirish  yo‘l-yo‘riqlarini  aniq  va  ravshan  bilib  olishi  darkor. 
Haqiqatdan  ham,  yoshlarni  o‘qitish  va  tarbiyalash  bilan  bevosita  shug‘ullanuvchi 
kishilar  -  avallambor  pedagoglar  buni  chuqur  bilishlari  zarur.  Ushbu  murakkab 
vazifalarni ado etish uchun jiddiy ilmiylik, aqliy, ruhiy va jismoniy salohiyat, yuksak 
samimiylik,  oddiylik,  kamtarinlik,  bolalarni  sevish,  do‘stona  munosabat  va  shu 
o‘rinda  talabchanlik,  demokratik  va  insonparvar  hamkorlik,  oila  va  jamoada 
hammalarga  hurmat  va  ishonch,  o‘quvchining  taqdiri  uchun  qayg‘urish  kabilarni 
o‘zlashtirish, o‘ziga singdirib borish har bir bo‘lajak muallim uchun g‘oyat muhimdir. 
Bu  bayon  etilgan  fazilatlar  o‘z-o‘zidan  paydo  bo‘lmaydi.  Buning  uchun  yuksak 
insoniy  fazilatlarini  birinchi  navbatda  talabalarning  o‘zida  oliy  dargohda 
o‘qishlarining  birinchi  kunlaridanoq  boshlab  tarbiyalashimiz  darkor.  Yosh 
talabalarning  saviyasini  oshirish    ko‘p  jihatdan  ularning  bo‘sh  vaqtdan  oqilona 
fodalanishlariga  bog‘liq.  Shuning  uchun  talabalar  uy  vazifalarini  bajarishida  va 
mustaqil  ishlari  bilan  shug‘ullanishida  darslardan  tashqari  paytlardan  unumli  
foydalanishni bilishlari kerak. Talabalik yillari bo‘lajak pedagog  - mutaxassislarning 
ma'rifiy  balandlik, 
ma'naviy  kamol,  g‘oyaviy  fuqarolik  topish  davridir. 
Insonparvarlik,  vatanparvarlik,  jamiyatimiz  yuksak  g‘oyalariga  sadoqat,  samimiyat, 
halollik va pokizalik - ana shu ajoyib va himmatli fazilatlar hur ona yurtimizga xizmat 
qilayotgan ziyolilar ko‘rkidir. Ana shu fazilatlarni tarbiyalash oliy maktabdagi barcha 
professor-o‘qituvchilarning faxrli burchidir. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling