O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
nimalarga kuchi yetmasligini aniq tushunadi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
- A) Kasbiy pedagogika kursining asosiy maqsadi.
nimalarga kuchi yetmasligini aniq tushunadi.
Sokrat 9. Kasbiy pedagogika fanining maqsad va vazifalari. A) Kasbiy pedagogika kursining asosiy maqsadi. B) Kasbiy pedagogika fanning vazifalari. V) Bugungi mutaxassis-pedagog. Tayanch so‘zlar: maqsad, vazifa, konstitutsiyaviy huquqlar, aqliy - amaliy imkoniyatlar, ijodiy qobiliyatlar, intellektual, ruhiy va jismoniy rivoj, kasbiga ega bo‘lish, moddiy-ma'naviy, atrof- muhit va pedagogik shart-sharoitlar. A) Kasbiy pedagogika kursining asosiy maqsadi. O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida yosh avlod ta'lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Shu bois ham ta'lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Mamlakatimiz mustaqilligini qo‘lga kiritgach hayotning barcha sohalarnda tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlar mamlakatimizning rivojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e'tirof etilgan demokratik, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Bunaqa insonparvar jamiyatni barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklatilar ekan, o‘z o‘rnida ularniig ta'lim-tarbiyasini maqsadli amalga oshirishga bevosita jamiyat, oila va maktab tizimi birdek ma'sul. Shuningdek, ta'lim- tarbiya bilan bog‘liq kasb egalari pedagoglar, kasbiy salohiyati, malaka va mahorat darajalari, ma'naviy qiyofasi masalalari ham davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biridir. Insoniyat va halqimizning milliy gumanistik qadriyatlari, butun jahon va buyuk o‘zbek mutafakkirlarining pedagogik fikrlari, O‘zbekiston Respublikasining ”Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, ma'ruza va nutqlari, asarlari, hukumatimizning ta'lim-tarbiya tizimiga oid qator hujjatlari bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlarning metodologik, qonuniy va konseptual asoslari bo‘lib xizmat qiladi. Ta'lim siyosatini amalga oshirishda shubhasiz pedagog-o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyoj muhim rol o‘ynaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ta'kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy mentalitet hususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or iqtisodiyot, fan va madaniyat yutuqlari asosida tayyorlangan mutaxassis - komil inson va yetuk professional qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir. Oliy ta'lim muassasalari 57 tomonidan kasbiy ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassis-pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini tashkil etish ushbu maqsad va vazifalarning amaliy ifodasi bo‘lib, belgilangan davlat talablari asosida yaratildi. Oliy ta'lim muassasalari profsssor- o‘qituvchilarining pedagogik-psixologik tayyorgarligi, mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish mahorati, pedagognk texnologiya va pedagogik faoliyatning innovatsion xususiyatlariga ega bo‘lishi, ta'lim jarayonida tarbiyalashning pedagogik omillari, mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etish, talabalar o‘zlashtirishini amalga oshirishga hamda o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirishga tayyorgarligi, mutaxassislik bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarining mazmunini ochib beradi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling