Ta'lim-tarbiyaning
asosiy
maqsadi
-
yoshlarning
konstitutsiyaviy
huquqlardan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy - amaliy imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual, ruhiy va
jismoniy rivojini ta'minlash, kasbiga ega bo‘lishi uchun kerakli bilim, ko‘nikma
va malakalarga o‘rgatish, egalagan bazaviy (tayanch) ma'lumot asosida shu
sohada yuqori faoliyat ko‘rsatish uchun moddiy-ma'naviy, atrof-muhit va
pedagogik shart-sharoit yaratishdan iboratdir.
Bu umumiy maqsaddan ta'limning har bir sohasi, faoliyatga qaratilgan doirasi,
bo‘g‘ini, turi va bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi. Masalan, barcha
oliy o‘quv yurtlarida kasbiy ta'lim yo‘nalishi tashkil etilib, bunda kelajak aniq, tabiat
va gumanitar fanlari mutaxassislari, muxandis, iqtisodchi, shifokor, xuquqshunos,
tilchi, madaniyatshunos, san'atshunos, san'atkor oliy va o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta'lim muassasalarida o‘z kasbi bo‘yicha o‘qituvchilik, ustozlik qilishga haqli
ravishda shunga mos kadrlar tayyorlanmoqda. Shuning uchun talabalarga umumiy va
kasbiy pedagogika, umumiy va kasbiy psixologiya, kasbiy pedagogika, pedagogik
mahorat, pedagogik texnologiya kabi fanlar o‘qitilmoqda. Pedagogik yo‘nalishlarda
ta'lim olayotgan bakalavrlarga o‘qitilayotgan “Kasbiy pedagogika” kursining asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |