O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Boshlang‘ich  maktab  pedagogikasi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Boshlang‘ich  maktab  pedagogikasi  ko‘pchilik  o‘quvchi  bolalarning  tafakkuri 
o‘sishi,  o‘quv  faoliyatiga  tayyorligi,  o‘qish  istagi,  fikrning  aniqligi  va  ravshanligi, 
abstrakt  fikrlashning  yuzaga  kelishi,  aqliy  va  jismoniy  rivojlanishini  o‘rganadi. 
O‘qishga  kirishish  bola  ruhining  bundan  keyingi  o‘sishini  belgilaydi,  shaxsning 
yo‘nalishi  va  xususiyatlarini  o‘zgartiradi.  Shu  payt  bolaning  diqqati  barqaror 
bo‘lmaydi,  u  bir  narsaga  uzoq    diqqat  berib  turolmaydi,  diqqati  tez  chalg‘iydi, 
yetarlicha  o‘smagan  bo‘ladi.  Shunda  o‘qituvchi  bolani  o‘ylash,  fikrni  to‘plashga 
o‘rgatadi.  O‘quvchi  hidlash,  sezish,  eshitish,  ko‘rish  sezgi  a'zolari  qabul  etadigan 
narsalarni  idrok  etadi.  Idrokni  o‘stirish  yo‘lida  o‘qituvchi  sezgi  a'zolarini  har  xil 
usullar  bilan  tarbiyalashni  talab  etadi.  Bu  o‘z  navbatida,  bolalarning  bilim  olish 
qobiliyatini o‘stiradi, o‘quvchilar aqliy ish usullarini egallaydilar, o‘quv faoliyatlarini 
to‘g‘ri bajarishga undaydilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mushak kuchi o‘sadi, 
ular  harakatchan  bo‘ladilar.  O‘qituvchilar  esa  ushbu  harakatchanlikka  to‘g‘ri 
yo‘nalish berib, jismoniy darslarida, boshqa darsda 1-2 daqiqa yoki tanaffus vaqtida 
gimnastika  qilish,  jismoniy  o‘yinlar  o‘tkazish,  ochiq  havoda  yugurish,  sakrash, 
o‘ynashlarni  tashkil  qilish  shart  bo‘ladi.  Chunki  aqliy  va  jismoniy  rivojlanishga, 
chaqqonlik  va  epchillikka,  kuch  va  chidamlilikka  olib  keladi.  Kichik  yoshidagi 
o‘quvchi  bolalar  o‘z  o‘qituvchilari  va  ota-onalariga  ishonganliklari  uchun  ularga 
taqlid  qiladilar.  Shuni  bilib,  o‘qituvchi  o‘z  kiyinishi,  xatti-harakati,  yurish-turishi, 
nutqi  va  atrofdagi  kishilar  bilan  muloqot  va  munosabatlariga  alohida  e'tibor  berishi 
zarur.  


63 
 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling