B) Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Boshlang‘ich maktab pedagogikasi.
O‘rta maktab pedagogikasi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi.
Oliy ta'lim pedagogikasi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi bu qatorda birinchi bo‘lib, 1-7 yoshidagi
bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida - bolalar bog‘chasida tarbiyalashiga
o‘rgatadi. Tarbiya mazmuni, shakl, metod va vositalari “Maktabgacha tarbiya
pedagogikasi” fanida bayon etilgan, unda bolaning har tomonlama kamolotga yetish
yo‘lining asoslari nazarda tutilgan. Masalan, bolalar bilan yoshiga mos ishlarni
bajarish, har xil o‘yinlar o‘tkazish, chizmachilik qilish, plastilindan oddiy narsalar,
qismlardan tuzilmalar yasash, ularga ertak va she'rlar aytish va yodlash, aytib
berishiga o‘rgatish, muloqot, xushmuomalalik, ozodalik, yuvinish va ovqatlanish
madaniyatini ko‘rsatib turish bola uchun dunyoni bilish, mehnat faoliyati, ma'naviy
his-tuyg‘ular va odatlarning tarkib topishi, harakat va muomala qilish talabini
qondirish kabi yo‘llarini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |