O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi tahlili bo‘yicha, mazkur ta'lim-
tarbiya jarayonida ishchi va o‘rta pog‘onadagi mutaxassislarni tayyorlashdan tashqari,
o‘quvchilarga nafaqat barcha aniq, tabiat va gumanitar fanlardan so‘nggi majmua
ko‘rinishida bilimlarni berish va oliy o‘quv yurtiga (ixtiyoriy ravishda) tayyorlash,
bolaning aniq bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlanitirish hamda
mehnatga (yigitlarni harbiy xizmatga ham) tayyorlashdir. 15-18 yoshda o‘quvchilarda
diqqat yanada kuchayadi, atrof-muhit voqyea va xodisalarni tanqidiy idrok qilish,
mantiqiy fikrlash qobiliyati o‘sadi, ichki kechinmalarni tahlillash kuchayadi. Litsey va
kollej o‘quvchi shaxsining tarkib topishida uning o‘rta maxsus va kasb-xunar
egallashida muhim ahamiyatga ega. Bu o‘quvchi o‘quv predmetlarni o‘rganib, hayot,
mehnat, ijtimoiy faoliyatda ularning kerakligini tasavvur etadi. Mantiqiy muloqot fikr
yuritish o‘sishi, o‘zi aytgan fikrni tushuntirib, tahlil va umumlashtirib berishga talab
uyg‘otadi. Falsafiy dunyoqarashi tarkib topadi. Shu payt jismoniy o‘sish suyak
qotishi, mushaklar kattalashishi, bug‘inlar mustahkamlanishi bilan tavsiflanadi. Bu
yoshda nafaqat o‘g‘il yo qiz bolalar ichida, balki ular orasida ham do‘stlik his
tuyg‘ulari mustahkam va chuqur bo‘ladi, umrbod saqlanib qolishi va muhabbatga
aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |