Maxsus pedagogika boshqacha aytganda, defektologiya deb ataluvchi maxsus
o‘quv maskanlarida o‘qituvchi, tarbiyachilar tayyorlashda surdopedagogika (soqov
bolalarni o‘qitish va tarbiyalash), tiflopedagogika (ko‘zi ojiz bolalarni o‘qitish),
oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalash va
o‘qitish), logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarni o‘qitish) masalalari bilan
shug‘ullanadi va shu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.
O‘qitish metodikasi pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq
bir fanni o‘qitish va o‘qishning qonuniyatlarini o‘rgatish, kerakli ilmga asoslangan
maslahatlar berish kabi maqsadlarga tayanadi. Har bir fanni o‘qitishning o‘ziga xos
yo‘l-yo‘riqlari, metod-usullari mavjuddir. Hozirgi kunda barcha pedagogik oliy o‘quv
yurtlari, fakultet va kafedralarda asosiy, mutaxassislikka oid fanning o‘qitish
metodikasi ham o‘rganilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |