O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
B) Kasb fanlari. Pedagogik fanlar. Etika va estetika. Madaniyat va san'at
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniyat va sanat
- Jismoniy tarbiya va sport
B) Kasb fanlari. Pedagogik fanlar. Etika va estetika. Madaniyat va san'at.
Jismoniy tarbiya va sport. Talabalarga kasbiga puxta ega, jamiyatimizning iqtisodiyot, siyosat, fan va madaniyat hayotida faol ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar beriladi. Masalan, jismoniy tarbiya va sport ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya nazariyasi, biologiya, bioximiya, odam fiziologiyasi, odam anatomiyasi, sport pedagogikasi, sport psixologiyasi, gimnastika, gigiyena, massaj, tibbiyot va davolash asoslari, yengil va og‘ir atletika, yakkakurash, ko‘pkurash va sport o‘yinlariga qaratilgan fanlar kabi kasb fanlari o‘qitiladi. Bular oliy maktabning turmush bilan bog‘lanishini mustahkamlash, talabalarni xalq xo‘jaligi va madaniyati turli sohalarida faol mehnat qilishga, oliy kasbiy ta'limni joriy qilishga o‘quv reja va dasturlarda 70 qo‘yilgan barcha o‘quv ish va tadbirlarni amalga oshiradi. Shuning uchun ham kasb fanlari oliy o‘quv yurtlarda tahsil olayotgan talabalarni ularning mutaxassisligi bo‘yicha pedagog bo‘lishiga, ya'ni shu faoliyat sohasida ta'lim-tarbiya orqali o‘quvchi bolaning inson rivojiga madat berish, shaxs kamoli shakllanishida uning bilimligi, ma'naviyat va madaniyati, aqli va aqliy salohiyati, ruxiy va jismoniy xolati, hulq- atvori va insoniylik sifatlarini o‘zlashtirish, shakllanish, kuchaytirish va ko‘tarishlarning o‘rgatishiga qaratilgan bo‘lib, kasbiy pedagogika fani bilan birgalikda yordam beradi. Kasbiy pedagogika fani bilan birgalikda boshqa pedagogik fanlar, ya'ni umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, kasbiy psixologiya, pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, kasbni o‘qitish metodikasi kabi fanlar har bir oliy kasbiy ta'limni bitirgan sohasi bo‘yicha o‘qituvchilik qilishda, pedagoglik va murabbiylik amaliyotida o‘quvchilarni ta'lim-tarbiyaning vosita va metodlarini tanlashda, turli hil maktablarda, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarilarda, oliy ta'lim muassasalarida kasb amaliy tayyorgarlikni amalga oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun bu pedagogika fanlariga oliy ta'lim muassasalarida alohida talab ko‘yiladi. Oliy o‘quv yurtlarida tarbiyalanayotgan talabalarni pedagogik mahoratini oshirishda va ularni hayotda qullay olish bo‘yicha bular asosiy ixtisoslik fanlar qatorida pedagoglar tayyorlash tizimini ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi. Kasbiy pedagogika har doim kishi madaniyati va san'atiga va uning egallagan ixlosligiga bog‘liq holda birdek ahamiyatga ega. Haqiqiy o‘qituvchi - bu, birinchi navbatda, madaniyatli inson va san'at barcha turlarini puxta biladigan va qiziqadigan shaxsdir. Madaniyat va san'at odamning go‘zal va nafis his-tuyg‘ularini ochib beradi, ma'naviyat va odob-ahloqini ko‘taradi, har qanday pedagogik hodisani madaniy-ma'rifiy jihatdan qarab chiqishga o‘rgatadi, inson tafakkurini oshiradi. Pedagogikada madaniyat va san'at inson ma'naviy hayoti uchun zaruriy manba deb ta'riflanadi. Kasbiy pedagogika o‘quvchi-talaba tarbiyasini ijtimoiy hodisa deb qarab chiqib, odamning ehtiyojlari madaniyat va san'atga ham qaratilganligini, uning taraqqiyoti bular bilan bog‘liqligini uqtiradi. Jismoniy tarbiya va sport odamning jismoniy tarbiyasining tarkibiy qismi hamda muhim vositasidir. Bu ilm olish, mehnat, ma'rifiy-axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘ligi hammamizga ma'lum. Jismoniy tarbiya va sport mazmuni o‘quvchi-talabalarning salomatligini mustahkamlash, ularning har tomonlama mohirligini o‘stirish, jismoniy va fiziologik sifatlarini shakllantirish, ish qobiliyatlarini oshirish, ozodalik qoidalariga ko‘nikish, shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, iroda, tartib-intizom, jasurlik, kuch-quvvat, tezlik, aqllilik, ziyraklik, chidamliliklarni kamol toptirishdir. Bu yo‘lda jismoniy tarbiya va sport yoshlar pedagogikasining muhim qismidan birini bajarib kelmoqda, chunki yoshlarimizning turmush tarzi, o‘qishi, mehnati va dam olishi mazmunli shakllanishini ta'minlaydi, jismoniy kamolotga olib boradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling