O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Falsafa
Pedagogikaning barcha tarkibiy qismlari Halq pedagogikasi Psixologiya va fiziologiya Biologiya va sotsiologiya Oliy o‘quv yurtida pedagogik yo‘nalishdagi boshqa fanlar Adabiyot va san'at Oliy o‘quv yurtida o‘qitilayotgan kasb fanlari Oliy o‘quv yurtida o‘qitilayotgan kasb fanlari Nutq madaniyati Jismoniy tarbiya va sport Ma'rifat va madaniyat amaliyoti 68 ilmiy usullar bilan qurollantiradi, ta'lim-tarbiyaning ob'yektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo‘ladi. Falsafiy dialektika pedagoglarga hayotning murakkabligi, unda bo‘lgan qonuniyatliklari va tasodifliklarini ko‘rsatadi va amal qilishga chaqiradi. Shu falsafiy asoslarga qarab, o‘zbek pedagogikasi yosh avlodni milliy mafkura ruhida shakllantirish va rivojlantirish, uni komil inson qilib tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yyadi hamda ta'lim-tarbiya mazmuni va tizimini ishlab chiqadi. Pedagogika ta'lim-tarbiyaviy hodisalarni boshqa hodisa va voqyealar, jamiyatning tarixiy taraqqiyoti va aynan shu payt falsafiy dunyoqarashi bilan bog‘liq holda o‘rgatadi. Odamda g‘oya, tasavvur, bilim, odob-ahloq maqsadli ta'lim-tarbiya jarayonida ko‘rina boshlaydi. Ta'lim-tarbiya o‘zi esa ijtimoiy-tarixiy sharoiti va ta'siri natijasida paydo bo‘ladi hamda ularga bog‘liq holda taraqqiy etadi. Shuning uchun ham hozirgi ta'lim- tarbiya nazariyasi va amaliyotining yutuqlari falsafiy tomondan ham buyuk milliy g‘oya va milliy mafkuraning mahsulidir. Falsafaning tarkibiy qismlari bo‘lmish etika (odobnoma, odobshunoslik) va estetika (go‘zallik, nafosat ilmi) fanlari ta'lim-tarbiya nazariyasiga bir necha ma'lumotlar beradi. Bu fanlar odob, xulq,, vijdon, or-nomus, qadr-qimmat, xulq-odat, go‘zallik va xunuklik kabi falsafiy kategoriya va tushunchalarni aniqlab berishga, odamning xulqi va odobi me'yorlarini belgilashga, hayotning go‘zalligini, jozibali, nafis qirralarini o‘quvchining qalbiga singdirilishga, o‘qish va mehnatga bevosita rag‘bat uyg‘otishga pedagogikaga yordam beradi. Kasbiy pedagogikada o‘quvchi-talaba rivojlanishi va tarbiyasining o‘zaro bog‘liqligi muhim muammolardan bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashqi ta'sirlar va omillar orqali ro‘yobga chiqadi Pedagogika fani va amaliyoti psixologiya va fiziologiya fanlari bilan uzviy bog‘langan. Haqiqatdan ham odam miyasi va tanasida bo‘layotgan psixologik va fiziologik jarayonlarni, ya'ni sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, tafakkur kabi jarayonlarining kechayotganini bilish uchun aynan shu fanlar pedagogikaga ilm beradi. Psixologiya shaxsning turli yoshdagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini, ta'lim-tarbiya ta'sirida inson psixikasining o‘zgarish mexanizmini tushuntiradi. Fiziologiya odam badani va miyasi o‘sishlari, tananing qismlari, ularning odamning yoshiga qarab anatomik xususiyatlari va rivojlarini ko‘rsatadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya jarayonida, ko‘rsatilayotgan o‘qitish ta'sirining samarasini bilish hamda o‘quv rejalarni belgilash uchun pedagog o‘quvchilarning aqliy, ruxiy va jismoniy rivojlanishini, shaxsiy irsiyatli va hosil qilgan sifatlarini o‘rganishi shart. Bundan kelib chiqadiki, ta'lim-tarbiya ishlaridagi barcha masalalarni to‘g‘ri tushunish va amalga oshirish uchun psixologiya va fiziologiya ma'lumotlaridan hamma vaqt xabardor bo‘lish kerak, chunki bu bilimlar turli yoshdagi o‘quvchilarning hulq-atvori, aqli, psixikasi, temperamenti, shaxsiy miya va tana xususiyatlari va 69 sifatlari, xatti-harakatlarini ilmli tushunish va ishni pedagogik-psixologik tarzda asoslangan to‘g‘ri olib borishga imkon yaratadi. Shakllanish va rivojlanish deganda biz shaxsning jismoniy, aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Bu jarayonda har bir o‘quvchining biologik va ijtimoiy xususiyatlarini bilish, ya'ni biologiya va sotsiologiya fanlar taqdimotini jalb qilishga urinamiz. Bu fanlar bolaning ijobiy ta'lim-tarbiyasi, shaxs sifatida rivojlanishi, har tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida shakllanish va rivojlanishning biologik va ijtimoiy qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi tug‘ma va orttirgan omillarni, shuningdek, shaxs kamoloti faoliyatining ta'siri va ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma'lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, lekin uning shakllanishi avvalo tug‘ma hususiyat va qobiliyatlariga, keyin oila va jamiyat maqsadlari va sharoitlariga bog‘liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni nafaqat biologik maxsuli, balki ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz kerak. Hozirgi jamiyatimizda yosh avlodni tarbiyalash demokratik, gumanistik xarakterga ega bo‘lgani sababli ta'lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni hamda tashkiliy shakllari shu davlat va jamiyatimiz maqsadlariga belgilanadi, kelajagimizni ravon qilish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davri ta'lim-tarbiya ishlarining maqsad va mazmunini tamoman o‘zgartirdi. Uzluksiz ta'lim maqsadi mamlakat Konstitutsiyasi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘rsatilgan barkamol avlod, insonparvar va vatanparvar kishilar jamiyatini qurish umumiy maqsaddan kelib chiqadi. Shu jumladan, oliy ta'lim shaxsni har tomonlama kamol toptirish, yuksak g‘oyali, chuqur ma'lumotli, kasbiga puxta ega, ma'naviy va jismoniy jihatdan yetuk qilib yetishtirish maqsadini ko‘zda tutadi va o‘z ishlarini xuddi shu nuqtai nazardan yo‘lga qo‘yadi. Shunda ijtimoiy fanlar, ya'ni O‘zbekiston tarixi, falsafa, iqtisodiyot, milliy mustaqillik g‘oyasi, madaniyatshunoslik kabi fanlar yosh avlodni ta'lim berish va tarbiyalash ishlari yangi huquqiy fuqarolik jamiyatni qurish vazifalariga qaratilgan va shu tariqasida pedagogika fanlari chambarchas bog‘liqdir. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling