O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Test, so‘rovnomalar metodi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Test, so‘rovnomalar metodi - tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik
tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi, ta'lim-tarbiyada faol qo‘llanilmoqda. So‘rovnoma, ya'ni anketada yaratilgan ilmiy farazning dolbzarligi va yangiligini aniqlash, o‘quvchilarning bilimini va saviyasini aniqlash, ularning fikrlarini, qarashlarini, qaysi fanlarga va qanday kasblarga qiziqishlarini, qaysi darsda qanday usullar bilan ishlash, qanday vositadan foydalanish, qanday o‘yin qilish foydali, unumli va qiziqarli o‘tadi, qaysi adabiy kahramon, ishchi, shifokor, olim, san'atkor, o‘qituvchi, o‘quvchi, sportchidan o‘rnak olsa arziydi, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi. So‘rovnomalar oila, sinf, guruh, maktab jamoadagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi, ularning materiallari munosabatlarning shakllanishidagi turli bosqichlarni ta'riflovchi to‘siqlar va faol holatlarni ko‘rsatadi. 76 So‘rovnoma metodlaridan biri - bu test yordamidagi sinovdir. Test sinovlar metodi - bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig‘ib olish metodidir. Test savollaridan ko‘zlangan maqsad oz vaqt ichida o‘quvchilarning bilimlarini yoppasiga baholashdir. Test yordamida sinov o‘quvchi yoki o‘qituvchining bilimi, ilmi, ma'naviyati hamda yoshlarning qaysi yo‘nalish va mutaxassislikka layoqati, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholash imkonini beradi. So‘rovnomalarda javoblarning ta'rifi va miqdori oldindan nazarga olinmasada, test so‘rovlarda - savollar muayyan tarzda ifodalanib, taklif qilinayotgan javoblardan bir yoki bir nechtasini tanlab olishni nazarda tutadi. Test yordamida so‘roq o‘tkazish yana bir ijobiy tomoni - testni ommaviy tarzda o‘tkazsa bo‘ladi, chunki bilimni baholash jarayonini kompyuter yordamida avtomatlashtirish mumkin. Bundan tashqari, test savollari va masalalarining o‘ziga xos yana bir tomoni shundaki, uning qiska va lo‘ndaligi, to‘g‘ri javobni umumiy javoblar ichida borligi va ularning o‘quvchilarga ko‘rsatma bo‘lib hizmat qilishi, uning javobni topishda nafaqat bilim, balki diqqat, xotira, sezgirlik va topqirliklar qo‘l keladi. Test sinovlarni o‘tkazishda o‘quvchi-talaba va o‘qituvchi orasidagi noxush psixologik to‘siqlar yo‘qoladi. Barcha o‘quvchi-talabalarga beriladigan imtihon sharoitlari vaqti, variantlarning murakkablik darajasi, baholash mezonlari deyarli bir xil bo‘lishiga erishiladi. Test savollari o‘quvchilarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi. Test sinovini oliy, o‘rta va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga reyting nazoratlarida qo‘llash ijobiy natijalar bermoqda. Test natijalarini avtomatlash-tirilgan holda ishlab chiqish amalga oshirildi, o‘quvchilarning qaysi fandan bilimlarining past yoki yuqoriligini baholash va uni darhol muassasaning o‘zida tahlil qilish imkoniyati yaratildi. Test sinovlarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi berilayotgan savollar shakli va mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling