O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Bolalar ijodini o‘rganish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Bolalar ijodini o‘rganish - bunda o‘quvchilarning o‘ziga xos faoliyatilariga,
shaxsiy bilim, malaka va qobiliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, muayyan xulosalar yasaladi. Har bir inson bu bir katta mo‘jiza va bir dunyodir. U hayotga kelishi bilanoq xudo, tabiat bergan, ota-ona qoni bilan kelgan nafaqat o‘z tashqi ko‘rinishi, balki qobiliyatlari, intilishlari bilan boshqalardan farqlanadi. Shunga qarab har bir o‘qituvchining vazifasi - bolaning o‘zini nimalarga tortilishini topib, shu xislatlarni shakllantirish va rivojlantirishini ta'minlab berishi darkor. Bolalarning qaysi ijodga mansubligini aniqlashda pedagogik tadqiqotlar va tahlillar o‘tkaziladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun ularning turli daftarlari, tutgan kundaliklari, bayon va insholari, yozilgan ertak, hikoya va she'rlari, to‘qilgan mato va tikilgan kiyim - bosh kiyim - oyoq kiyimlari, chizilgan rasmlari va ishlagan fotosur'atlari, tuzilgan asbob- uskunalari va apparat yoki mashina-mexanizmlarning maketlari, matematika formulalarni yechishga yangicha yondoshuvlari, fizika - ximiya - biologiyadan o‘tkazilgan tajriba-sinovlari, ona yurtimizning turli joylariga sayr qilishlari, arxeologik qazishlarga ishtirok etishlari, tarixiy meros va yodgorliklarimizni astoydil o‘rganishlari, majlis va munozaralarda so‘zga chiqishlari va sahnada she'r aytish va spektakl qo‘yishlari, musiqa bilan shug‘ullanishlari, jismoniy tarbiya va sport biron turi bilan mashg‘ulotlari, sartaroshlik, o‘yni bezatish, pazandachilikka o‘rinishlari, o‘ydagi hayvonlari, bog‘i va polizlariga qarashlarini o‘rganishi hizmat qiladi. Bolalar ijodini o‘rganish, tahlil qilish va baholash uchun mamlakatimizda tugalmaydigan ravishda har bir maktabdan tortib respublika miqyosigacha ko‘p fan va san'at olimpiadalari, tanlov va festivallar, konsert va ko‘rgazmalar, musobaqa va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bularning natijasi yoshlar orasidan qobiliyatli, salohiyatli, zukko, bir ishga ixlos qo‘ygan, intilishlari zo‘r o‘g‘il va qizlarimizni aniqlab olishdir. Bu aynan tadqiqotchi pedagoglarning ishidir. Keyingi bosqichda yoshlarning iste'dodlarini o‘stirish uchun har bir ta'lim muassasida dastur, reja, moddiy va ilmiy sharoitlar tuzilgan, maxsus maktablar va to‘garaklar ishlamoqda. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling