V) Kasbiy pedagogika. Maxsus pedagogika. O‘qitish metodikasi. Pedagogik
texnologiya. Oila pedagogikasi. Androgogika. Gerontopedagogika.
Kasbiy pedagogika fani har bir oliy kasbiy ta'limni bitirgan sohasi bo‘yicha
o‘qituvchilik qilishda, pedagoglik va murabbiylik amaliyotida o‘quvchilarni ta'lim-
tarbiyaning vosita va metodlarini tanlashda, turli hil maktablarda, akademik litsey va
kasb-xunar kollejlarilarda, oliy ta'lim muassasalarida kasb amaliy tayyorgarlikni
amalga oshirishda muxim o‘rin egallaydi. Shuning uchun kasbiy pedagogika faniga
oliy ta'lim muassasalarida aloxida talab ko‘yiladi. Oliy o‘quv yurtlarida
tarbiyalanayotgan talabalarni pedagogik mahoratini oshirishda va ularni hayotda
qo‘llay olish bo‘yicha kasbiy pedagogika asosiy ixtisoslik fani bo‘lib pedagoglar
tayyorlash tizimini ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |