O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
V) Jismoniy tarbiya - pedagogik fan. O‘qituvchi va murabbiyning mahorati
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
V) Jismoniy tarbiya - pedagogik fan. O‘qituvchi va murabbiyning mahorati.
83 Jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchi va murabbiyi ishi kishining psixik va badan tarbiya tizimi faoliyatiga yuklanadigan ishning kuchi, hajmi va ta'rifi e'tibori bilan nihoyatda sermehnat ishdir. O‘qituvchining aqli, hissi, kuzatuvchanligi, ta'sir ko‘rsatish kuchi, muomalasi, o‘zini tuta bilish xislati, sabr-toqati o‘sgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi nazariy bilimlarni chuqur va mustahkam egallashi kerak, ya'ni u ta'lim-tarbiya jarayonining nazariy va amaliy asoslarini, o‘qitadigan fanlar bilogiya, bioximiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, ijtimoiy va gumanitar fanlar, pedagogik, psixologik, tibbiyot fanlarini, madaniyat va san'atga yo‘naltirilgan fanlarni egallagan bo‘lishi lozim. Jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchi va murabbiyi faqat nazariy bilimlarni egallash bilan chegaralanmasdan, amaliy malaka va ko‘nikmalarni ham egallashi zarur. Uning vazifasi pedagogik, psixologik va maxsus bilimlar asosida o‘quvchi-talabalarni ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantira bilish, dars va mashg‘ulotlar bera bilish, tarbiyaviy ishlarni shaxsiy, guruhli va keng ko‘lamli mashg‘ulotlarni rejalashtira bilish, o‘quvchi-talabalarning jamoa, xususiy faoliyatlarini tashkil eta bilish, ularning jamoa ishlarini tashkil qila bilish, pedagogik raxbarlik, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni uyushtira bilish va ularga rahbarlik qilish, jamoatchilik o‘rtasidagi ishlarni tashkil qila bilish, sport, turizm, amaliy ishlar va boshqa tarbiyaviy ishlarni olib borishdan iborat. Bu malaka va ko‘nikmalarni hozirgi talabalar - bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchi va murabbiylari muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi, maxsus fanlarni, ilg‘or o‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganish yo‘li bilan bilim, malaka va mahoratlarini oshirib boradilar. So‘nggi yillarda barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘qitvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish, ixtisosga doir fanlarni chuqur o‘rganish, pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish masalalariga e'tibor kuchaydi. Bo‘lajak o‘qituvchilarga pedagogika, psixologiya, metodikaga doir fanlarni o‘rgatish ko‘lami yanada kengaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling