95
tashkil etiladi va bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta'lim vazirligi (markaz)ga bo‘ysunadi.
Ular o‘z tuzilmasiga ega bo‘lib, quyidagi funksiyalarni bajaradilar;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatlarni muvofiqlashtirish,
boshqarish va uslubiy ta'minlash;
davlat ta'lim standartlarini amalga oshirish;
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining qurilishi binolar va inshoatlarni
qayta tiklashni tashkil etish va
nazorat qilish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini iste'molchi korxonalar bilan
(ularning mulkchilik shaklidan qat'iy nazar) mujassamlashuvini, patronat va vasiylikni
tashkil etishni ta'minlash;
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga
olgan holda, mavjud akademik
litseylar va kasb-hunar kollejlarini qayta o‘zgartirish, hamda yangi tashkil etish
bo‘yicha
takliflar tayyorlash;
ta'lim muassasalarni darsliklar, o‘quv adabiyotlari va kompyuter texnikasi bilan
ta'minlash va jihozlash.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini boshqarish tuzilmasining keyingi bo‘g‘ini o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta'limini o‘quv yurtlari xisoblanadi.
Regional boshqaruv organlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi darajasiga
qo‘yiladigan talablarga o‘quv yurtlari tomonidan rioya qilinishga javob beradilar va
ularni nazorat qiladilar, litsey va kollejlarga ularning faoliyatlarini rivojlantirishda
kerakli tashkiliy-huquqiy yordam ko‘rsatadilar, hudud, ishlab chiqarish va o‘quv
yurtlarining rivojlanish manfatlarini muvofiqlashtirishga imkon beradilar.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar
ishining
mazmuni belgilangan qonun-qoidalarga ko‘ra o‘taydi. O‘rta maxsus kasb-hunar
ta'limi muassasalarini o‘quv yurti rahbari (direktor) bilan birga uning muovinlari
boshqaradi. Kasb-hunar kollejlarda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma'naviy-
ma'rifiy ishlar bo‘yicha va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha muovinlari akademik
litseydalarda esa direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo‘yicha muovinlari faoliyat yuritadi.
O‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlarida birinchi navbatda kadrlar tayyorlash
sifatiga javobgar bo‘lgan mustaqil bo‘linma (tashkiliy shakli va kimga buysunishdan
qat'iy nazar) sifatida, o‘quv jarayonini boshqarish, xo‘jalik-moliyaviy faoliyat va
boshqa kasbiy tayorgarlikning zaruriy darajasini ta'minlaydigan faoliyatlarni amalga
oshiradi.
O‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari darajasida quyidagi vazifalar hal
etiladi:
O‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha barcha ishlarni olib
borish;
- o‘quv rejalari tuzilmalarni va dastur
mazmunini belgilash;