O‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasasi (akademik litsey, kasb-xunar
kolejji) boshqaruv tuzilmasi
O‘rta maxsus, kasb-xunar ta'limi o‘rta maktab negiziga asoslanadi hamda ikki:
akademik litsey va kasb-hunar kollej yo‘nalishiga ega. Har bir akademik litsey o‘rta
maktabdagi fanlar majmuasini mujassamlashtirishga qaratilgan hamda o‘z yo‘nalishi
bo‘yicha (aniq, tabiiy yoki ijtimoiy-gumanitar fanlardan) fundamental nazariy va
amaliy bilim beradigan majburiy ta'lim muddati uch yil davom etadigan tayanch
o‘quv mussasasidir. Litseydagi o‘quv dasturini to‘liq bajarilgandan so‘ng
bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi attestat topshiriladi. Kasb-hunar kolleji - xalq xo‘jaligining o‘rta
pog‘onali aniq bir mutaxassislik bo‘yicha hamda o‘rta maktabdagi fanlar majmuasini
mujassamlashtirishga qaratilgan nazariy va amaliy bilim beradigan, o‘rta maktab
negnzida majburiy ta'lim muddati uch yil davom etadigan tayanch o‘quv
mussasasidir. Kollej bitiruvchilarga o‘quv dasturini to‘liq bajarilgandan so‘ng davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi aniq bir kasb-hunarni egallagan, mehnat
faoliyatini o‘z kasbi bo‘yicha ko‘rsatishi mumkin huquqini beradigan diplom
topshiriladi. Litsey va kollej bitiruvchilarga ihtiyoriy ravishda davlat test sinovlarini
ijobiy o‘tganlaridan so‘ng oliy o‘quv yurtlariga tahsil olish huquqi beriladi.
Barcha o‘rta maxsus. kasb-xunar o‘quv yurtlarida o‘qitish ishlari o‘quv yil va
semestrlarga (yarim yillik) taqsimlangan. O‘quvchi semestr davomida ma'lum kurslar
bo‘yicha ma'ruzalar tinglab, ularni amaliy o‘zlashtirib, ayrim mavzularga mustaqil
Do'stlaringiz bilan baham: |