O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qobiliyatlar
tinch
BARQAROR Qolgan bolaning xususiyatlari, uning qobiliyatlari deb hisoblasa bo‘ladi, ya'ni: aqliy salohiyati: ish yuzasidan bir qolipdagi shart-sharoitlarda vazifani notaxlit yechish qobiliyati; biron ishga layoqatligi: har bir shaxsda u yoki bu ishga aniq bir layoqati borligi aniqlangan bo‘lib, uni topib to‘g‘ri o‘stirish oila, maktab va jamiyat oldida muhim masala qo‘yiladi. Ayni paytda, odamning layoqati aniq bir kasb yo xunarga emas, balki biron bir sohaga (aniq, tabiiy yoki ijtimoiy-gumanitar fanlar, madaniyat va san'at, ishlab chiqarish, xizmat qilish, ta'lim-tarbiya berish, davolash, jismoniy tarbiya va sport sohalaridan biriga) yo‘naltiriligan bo‘ladi; bilimlarni o‘rganish va malakalarni amalga oshirish tezligi: kishilarning har birida bu bor sifati har hil bo‘ladi va uch turga bo‘linadi: tez o‘rganadiganlar - ularga bu ishda vaqtning ozmunchasi yoki kerak emasdir (5% odamlar), sekin o‘rganadiganlar - bularga esa bu ishda vaqtning ko‘prog‘i yoki ko‘pligi kerak (90%), vaqtga qaramasdan o‘rganmaydiganlar (5%); tushunish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi: kishilarning har birida bu bor ham sifatlari har xil bo‘ladi va uch turga ham bo‘linadi: reproduktiv - taqlid qilish, o‘xshatish asosida tushunish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi, produktiv - namuna asosida tushunish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi, ijodiy - mantiq asosida tushunish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi. Shuning bilan, odamning tug‘ma sifatlari va qobiliyatlari quyidagilardan iborat: 108 Qobiliyatlar - bu har bir odamning biron-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishiga shaxsiy-psixologik xususiyatlaridir. Bu qobiliyatlar shaxsning bilim, ko‘nikma va malakalariga mansub emas, ammo ularni hosil qilish tezligi va osonligiga aniq bir darajada yo‘l beradi. Bu qobiliyatlarning shakllanishi va rivoji bolaning tug‘ma alomatlaridan paydo bo‘ladi. Alomatlar - bu qobiliyatlarning tabiiy dastlabki shartlari, qobiliyatlar rivojining tagida yotgan anatomik-fiziologik xususiyatlari. Alomatlar tug‘ma bo‘lib, o‘zlari aniq emas, hech nimaga yo‘llanmagan, ko‘p ma'nolidir. Tabiiy alomatlardan odamda, mumkin qadar, masalan, rassom yoki, aksincha, olim qobiliyatlari o‘sishi mumkin. Odam miyasining yuqori psixik funksiyalari aniq bir vazifaga qaratilgan bo‘lmaydi. Ya'ni, bir necha bolalarning biron bir o‘xshash fiziologik alomatdan har xil qobiliyatlar rivojlansa ayni muddaodir. Shuni aytish joizki, qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalar emas, balki ularni yaratadigan, imkon tug‘diradigan xususiyatlardir. Bu yoki u qobiliyat har bir odamzotda bor, lekin uni topib, aniqlab to‘g‘ri o‘stirish bilan u meva berishi mumkin. Shunda bu qobiliyatlar to‘g‘ri ta'lim-tarbiya berish va o‘z ustida ishlash, katta mehnat qilish yuzasidan bola quyidagi yuqori darajalargacha chiqishi mumkinligini aytib o‘tsak bo‘ladi: Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling