O‘qitish - bu bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish maqsadida o‘qituvchi
va o‘quvchi hamkorligining mahsus hamda boshqaruv jarayoni. O‘qitish - o‘qituvchi
va o‘qish - o‘quvchining faoliyatidir. Bu ikki faoliyat ta'limning o‘zaro bog‘langan va
bir-birini taqozo qiladigan tomonlaridir. O‘qitish va o‘qish rejali jarayoni har hil
joylarda (sinf, auditoriya, maxsus va laboratoriya xonalarda, sport zali va sport
maydonchalarda) va xilma-xil shakllarda (ma'ruza, amaliy, seminar va laboratoriya
mashg‘ulotlarda, maslahat va mustaqil ishlarda) amalga oshiriladi. O‘qitish - bu bilim
berish, ko‘nikma va malakalarni o‘stirish, insonning jamiyat, tabiat va olam oldida
yangi qirralarini kashf etish qobiliyatlarini ijodiy va mantiqiy tarbiyalash tafakkurdir.
O‘qitish va o‘qishning mevasi - ilm va tarbiya olishdir. Ilm va tarbiya olishning
asosiy yo‘llari hamda vositalari - o‘qitish (ta'lim berish) va tarbiya berish. O‘qish -
Do'stlaringiz bilan baham: |