O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
O‘qitish
+ Tarbiya = Ta'lim +Shaxsni rivojlantirish = shaxsni shakllantirish Ta'lim - bu o‘qitish va tarbiya jarayoni natijasidir. O‘quvchi-talaba o‘zlashtirilayotgan yoki o‘zlashtirgan tizimli bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi. Oliy o‘quv yurtida ta'lim olgan kishi - u yoki bu kasbga ega bo‘lib, fanlar asoslari bir butun tizimli bilim va malakalar yaxlit majmuasining aniq hajmini o‘zlashtirgan odamdir. Shu bilim va malakalar uning kasbiy ishlariga to‘g‘ri erkin va mantiqiy fikrlash hamda muvaffaqiyatli hatti-harakatlar qilishga imkon yaratadi. O‘zining xarakter xususiyati va yo‘nalishiga ko‘ra ta'lim ikki turga bo‘linadi: umumiy ta'lim (o‘rta maktabda odamni umumiy aqliy, ma'naviy va jismoniy o‘sishi uchun kerakli fanlar asoslari bo‘yicha keng ma'lumot va bilim berish, amaliy qobiliyatlarni shakllantirish, aniq bir ishga layoqatini ochib berish va rivojlantirish); kasbiy ta'lim (bir kasbni, mutaxassislikni chuqur egalashga bilimlar berish va ularni o‘zlashtirish uchun amaliy mashg‘ulot, tajriba va tadqiqotlar o‘tkazish, kollejda - kelajak usta va yuqori malakali ishchilar uchun, oliy o‘quv yurtida - kelajak oliy malakali mutaxassislar uchun). Ta'lim - o‘quvchi yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish va shu asosda ularning aqliy, ruhiy va jismoniy salohiyati, bor qobiliyatlarini oshirishida rejali, uyushgan va aniq maqsadga qaratilgan jarayondir. Tarbiya - bu shaxsni shakllantirish maqsadida tashkil qilingan jarayon, ijtimoiy insonparvar yuksak maqsad, yuksak g‘oyaga qaratilgan, to‘plangan tajribani keyingi avlodga o‘tkazish, hayotga va mehnatga tayyorlash uchun odamning xulq-atvor va turli qarashlar majmuidir. Tarbiya pedagogik nazariya va amaliyotda qo‘llanilib, shaxsning har tomonlama garmonik rivojlanishini hamda uni ijtimoiy, mehnat va oila faoliyatiga tayyorlaydi. Tarbiya biror maqsadga qaratilgan reja yoki jarayon bo‘lishi mumkin. Shaxsning 52 ijtimoiy shakllanishi irsiyat, atrof-muhit hamda maxsus tarbiyaviy faoliyat natijasidir. Bu o‘zbek xalqining yaxshi o‘qishida, o‘zini aqliy, ruhiy va jismoniy salohiyatini oshirishida, yangi jamiyat qurishda faol ishtirok etishi jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon davomida va uning natijasida insonning iymon-e'tiqodi, iroda va hulq- atvor xususiyatlari, axloqiy xatti-xarakatlari va jismoniy sifatlari tarkib topadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling