O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
maqsadi bo‘lg‘usi mutaxassislarga o‘zlari tanlagan ixtisoslik bo‘yicha
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
maqsadi bo‘lg‘usi mutaxassislarga o‘zlari tanlagan ixtisoslik bo‘yicha:
pedagogik bilim va malakalarini shakllantirish va mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirilishi davrida yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik-psixologik tamoyillari, shart- sharoitlari to‘g‘risida bilimlar berish, shaxs barkamolligiga aloqador tarbiya vositalarini o‘z faoliyatlarida qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat 58 Kasbiy pedagogika fanning haqli ravishda tabiatning oliy mahsuli - insonning ma'naviy shakllanishi, uning shaxs sifatida rivojlanish, komil insonni shakllanish qonuniyatlarni, mutaxassislik asoslarini o‘rgatuvchi ustuvor fanlardan biriga aylanadi. Oliy maktabning vazifalari kasb va pedagogik nazariyani mukammal egallagan, o‘z mutaxassisiligi bo‘yicha har tomonlama chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lgan, mustaqil tafakkur qila oladigan, davlat va jamiyat siyosatini xalq oldida targ‘ibot qilishga layoqatli, e'tiqodli, ijodkor, tartib-intizomli bo‘la oladigan ma'naviyatli yetuk insonni tarbiyalashdan iborat. Talabalarimiz fan-texnika-madaniyat taraqqiyotini jadallashtirishda murakkab asbob-uskunalar bilan ish yurita oladigan, kasbi va pedagogikadan chuqur bilimdon bo‘lishlari davr talabi bo‘lib qolmoqda. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy o‘quv yurtlarga endi kirgan talabalarning ko‘pchiligi yangi hayotga, ya'ni oliy ta'lim tizimining o‘ziga xos, maktab paytlaridagi umuman o‘xshamaydigan talablariga ruhiy qiyinchiliklar bilan ko‘nikadi, o‘zi tanlagan kasbi haqida yetarli axborotlarga ega emas, oliy dargoh shakl va metodlarini sekinlik bilan o‘zlashtiradi, o‘z mashg‘ulot va mustaqil vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtira olmaydi, ulardan unumli foydalana olmaydi, boshiga tushgan juda ko‘p yangi tasavvurlardan qo‘rqib qoladi va qiyinchiliklar bilan ularni o‘taydi, o‘zining intilish va irodasini shu murakkab, ba'zan og‘ir xatti-xarakatlarga sekin moslashadi. Pedagogik va psixologik fanlar, shu jumladan “Kasbiy pedagogika” fani o‘qitilishi, oliy o‘quv yurtlarida rejalashtirilgan tarbiyaviy ishlar tizimi jarayoni oliy maktab hayotiga tezroq moslashtirish, uning sharoitini o‘zlashtirib olishda ko‘maklashish, bilim va malakalarni yaxshi o‘rganishda yordam berish, kelajak kasb haqida to‘liq ma'lumot berish, unga qiziqtirish, maxsus va ijtimoiy-gumanitar fanlar pedagogik- psixologik fanlar bilan birgalikda bakalavriat bosqichini to‘liq o‘zlashtirishga tayyorlash maqsadida ham o‘tilmoqda. “Kasbiy pedagogika” fani talabalarga pedagogikaning qisqacha taraqqiyoti tarixi, pedagogik tizimlarning tuzilishi, kasbiy pedagogikaning maqsad va vazifalari, o‘quv jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, ta'lim-tarbiya tizimining shakllari, davlat ta'lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dastur, darslik va qo‘llanmalarining mazmuni, ilmiy- tadqiqot ishlari, o‘quvchi-talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning joriy, oraliq, yakuniy reyting tizimi haqidagi, shuningdek, kundalik faoliyat tartibi va mustaqil ishlarni tashkil etish, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarni o‘tkazish, o‘quvchi-talabalarning huquq va burchlari, maxsus kasbiy va pedagogik kitob, risola, maqola ustida ishlash kabilar bilan tanishtiradi. Ushbu fanda o‘quv materiallarning puxta o‘zlashtirilishi uchun harakatlar qilinishi lozimligi, o‘quvchi- talabalarni reyting tizimi asosida sinov-imtihonlarga tayyorlash hamda ularni o‘tkazishni tashkil qilish, o‘quvchi-talaba o‘quv, aqliy va jismoniy faoliyati, uning turmush tarzi, madaniyati va dam olishini tashkil etish singari masalalarga ham alohida o‘rin ajratilmoqda. 59 Yangi avlodni kamol toptirmay, jamiyatimizning ilmiy, moddiy-ma'naviy bazasini yaratmay turib, mustaqilligimizni takomillashtirib bo‘lmaydi. Bu ulug‘vor vazifani amalga oshirish uchun bo‘lajak mutaxassis-pedagoglar ham yangi insonni shakllantirish va rivojlantirish yo‘l-yo‘riqlarini aniq va ravshan bilib olishi darkor. Haqiqatdan ham, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash bilan bevosita shug‘ullanuvchi kishilar - avallambor pedagoglar buni chuqur bilishlari zarur. Ushbu murakkab vazifalarni ado etish uchun jiddiy ilmiylik, aqliy, ruhiy va jismoniy salohiyat, yuksak samimiylik, oddiylik, kamtarinlik, bolalarni sevish, do‘stona munosabat va shu o‘rinda talabchanlik, demokratik va insonparvar hamkorlik, oila va jamoada hammalarga hurmat va ishonch, o‘quvchining taqdiri uchun qayg‘urish kabilarni o‘zlashtirish, o‘ziga singdirib borish har bir bo‘lajak muallim uchun g‘oyat muhimdir. Bu bayon etilgan fazilatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Buning uchun yuksak insoniy fazilatlarini birinchi navbatda talabalarning o‘zida oliy dargohda o‘qishlarining birinchi kunlaridanoq boshlab tarbiyalashimiz darkor. Yosh talabalarning saviyasini oshirish ko‘p jihatdan ularning bo‘sh vaqtdan oqilona fodalanishlariga bog‘liq. Shuning uchun talabalar uy vazifalarini bajarishida va mustaqil ishlari bilan shug‘ullanishida darslardan tashqari paytlardan unumli foydalanishni bilishlari kerak. Talabalik yillari bo‘lajak pedagog - mutaxassislarning ma'rifiy balandlik, ma'naviy kamol, g‘oyaviy fuqarolik topish davridir. Insonparvarlik, vatanparvarlik, jamiyatimiz yuksak g‘oyalariga sadoqat, samimiyat, halollik va pokizalik - ana shu ajoyib va himmatli fazilatlar hur ona yurtimizga xizmat qilayotgan ziyolilar ko‘rkidir. Ana shu fazilatlarni tarbiyalash oliy maktabdagi barcha professor-o‘qituvchilarning faxrli burchidir. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling