67
Kasbiy pedagogikaning metodologik asoslaridan biri milliy g‘oya hamda o‘zbek
halqining qadriyatlariga tayangan
falsafadir. Shuni ko‘zda tutib, kasbiy pedagogika -
ta'lim-tarbiya orqali jamiyatimizning tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
natijasida paydo bo‘lgan tabiiy jarayondir deb tushunadi. Ta'lim-tarbiyaning
rivojlanishi dastavval moddiy hayot va ma'naviy qadriyatlar bilan belgilanadi.
Shuning uchun ham o‘zbek ta'lim-tarbiya tizimining keng qadamlari hozirgi siyosat
o‘rnatilishi, iqtisodiyot rivoji, milliy tafakkur uyg‘onishi bilan belgilanadi. Hozirgi
iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy holatda vujudga kelgan va taraqqiy etgan ta'lim-tarbiya
modeli o‘z navbatida jamiyatimiz hayoti barcha sohalariga katta ta'sir etadi. O‘zbek
milliy falsafiy dunyoqarashi davlat va jamiyat hayotidagi boshqa hodisalar kabi
ta'lim-tarbiyani ham o‘ziga xos qonuniniyatlariga ega deb biladi, ularni chinakam
ilmiy-amaliy metod va vositalar yordamida o‘rganish kerakligini aytib o‘tadi. O‘zbek
falsafasi o‘zbek jamiyatining ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan tabiiy sabotli ehtiyojlarini
ko‘rsatib beradi, ta'lim-tarbiya natijasida odamda paydo bo‘ladigan aqliy, ruxiy va
jismoniy o‘sishlari, uning shaxsga aylanganini fikr-mulohaza yuritadi, pedagogikani
Do'stlaringiz bilan baham: