O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


B)  Kasb  fanlari.  Pedagogik  fanlar.  Etika  va  estetika.  Madaniyat  va  san'at


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

B)  Kasb  fanlari.  Pedagogik  fanlar.  Etika  va  estetika.  Madaniyat  va  san'at. 
Jismoniy tarbiya va sport. 
Talabalarga  kasbiga  puxta  ega,  jamiyatimizning  iqtisodiyot,  siyosat,  fan  va 
madaniyat hayotida faol ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim, ko‘nikma va 
malakalar beriladi. Masalan, jismoniy tarbiya va sport ta'lim muassasalarida jismoniy 
tarbiya nazariyasi, biologiya, bioximiya, odam fiziologiyasi, odam anatomiyasi, sport 
pedagogikasi, sport psixologiyasi, gimnastika, gigiyena, massaj, tibbiyot va davolash 
asoslari,  yengil  va  og‘ir  atletika,  yakkakurash,  ko‘pkurash  va  sport  o‘yinlariga 
qaratilgan    fanlar  kabi  kasb  fanlari  o‘qitiladi.  Bular  oliy  maktabning  turmush  bilan 
bog‘lanishini mustahkamlash, talabalarni xalq xo‘jaligi va madaniyati turli sohalarida 
faol  mehnat  qilishga,  oliy  kasbiy  ta'limni  joriy  qilishga  o‘quv  reja  va  dasturlarda 


70 
 
qo‘yilgan barcha o‘quv ish va tadbirlarni amalga oshiradi.    Shuning uchun ham kasb 
fanlari  oliy  o‘quv  yurtlarda  tahsil  olayotgan  talabalarni  ularning  mutaxassisligi 
bo‘yicha pedagog bo‘lishiga, ya'ni shu faoliyat sohasida ta'lim-tarbiya orqali o‘quvchi 
bolaning  inson  rivojiga  madat  berish,  shaxs  kamoli  shakllanishida    uning  bilimligi, 
ma'naviyat  va  madaniyati,  aqli  va  aqliy  salohiyati,  ruxiy  va  jismoniy  xolati,  hulq-
atvori  va  insoniylik  sifatlarini  o‘zlashtirish,  shakllanish,  kuchaytirish  va  
ko‘tarishlarning  o‘rgatishiga  qaratilgan  bo‘lib,  kasbiy  pedagogika  fani  bilan 
birgalikda yordam beradi. 
   Kasbiy  pedagogika  fani  bilan  birgalikda  boshqa  pedagogik  fanlar,  ya'ni 
umumiy  pedagogika,  umumiy  psixologiya,  kasbiy  psixologiya,  pedagogik 
texnologiya,  pedagogik  mahorat,  kasbni  o‘qitish  metodikasi  kabi  fanlar  har  bir  oliy 
kasbiy  ta'limni  bitirgan  sohasi  bo‘yicha  o‘qituvchilik  qilishda,  pedagoglik  va 
murabbiylik  amaliyotida  o‘quvchilarni  ta'lim-tarbiyaning  vosita  va  metodlarini 
tanlashda,  turli  hil  maktablarda,  akademik  litsey  va  kasb-xunar  kollejlarilarda,  oliy 
ta'lim  muassasalarida  kasb  amaliy  tayyorgarlikni  amalga  oshirishda  muhim  o‘rin 
egallaydi. Shuning uchun bu pedagogika fanlariga oliy ta'lim muassasalarida alohida 
talab  ko‘yiladi.  Oliy  o‘quv  yurtlarida  tarbiyalanayotgan  talabalarni  pedagogik 
mahoratini oshirishda va ularni hayotda qullay olish bo‘yicha bular asosiy ixtisoslik 
fanlar qatorida pedagoglar tayyorlash tizimini ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi.  
  Kasbiy  pedagogika har  doim  kishi  madaniyati  va  san'atiga  va uning  egallagan 
ixlosligiga  bog‘liq  holda  birdek  ahamiyatga  ega.  Haqiqiy  o‘qituvchi  -  bu,  birinchi 
navbatda, madaniyatli inson va san'at barcha turlarini puxta biladigan va qiziqadigan 
shaxsdir.  Madaniyat  va  san'at  odamning  go‘zal  va  nafis  his-tuyg‘ularini  ochib 
beradi,  ma'naviyat  va  odob-ahloqini  ko‘taradi,  har  qanday  pedagogik  hodisani 
madaniy-ma'rifiy  jihatdan  qarab  chiqishga  o‘rgatadi,  inson  tafakkurini  oshiradi. 
Pedagogikada  madaniyat  va  san'at  inson  ma'naviy  hayoti  uchun  zaruriy  manba  deb 
ta'riflanadi. Kasbiy pedagogika o‘quvchi-talaba tarbiyasini ijtimoiy hodisa deb qarab 
chiqib,  odamning  ehtiyojlari  madaniyat  va  san'atga  ham    qaratilganligini,  uning 
taraqqiyoti bular bilan bog‘liqligini uqtiradi.  
  Jismoniy  tarbiya  va  sport  odamning  jismoniy  tarbiyasining  tarkibiy  qismi 
hamda  muhim  vositasidir.  Bu  ilm  olish,  mehnat,  ma'rifiy-axloqiy  tarbiya  bilan 
chambarchas  bog‘ligi  hammamizga  ma'lum.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  mazmuni 
o‘quvchi-talabalarning  salomatligini  mustahkamlash,  ularning  har  tomonlama 
mohirligini  o‘stirish,  jismoniy  va  fiziologik  sifatlarini  shakllantirish,  ish 
qobiliyatlarini  oshirish,  ozodalik  qoidalariga  ko‘nikish,  shaxsiy  jismoniy 
qobiliyatlarini  rivojlantirish,  iroda,  tartib-intizom,  jasurlik,  kuch-quvvat,  tezlik, 
aqllilik, ziyraklik, chidamliliklarni kamol toptirishdir. Bu yo‘lda jismoniy tarbiya va 
sport  yoshlar  pedagogikasining  muhim  qismidan  birini  bajarib  kelmoqda,  chunki 
yoshlarimizning  turmush  tarzi,  o‘qishi,  mehnati  va  dam  olishi  mazmunli 
shakllanishini ta'minlaydi, jismoniy kamolotga olib boradi.    


71 
 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling