O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- A) Ilmiy - tadqiqot metodlari. Pedagogik kuzatish. Suhbat metodi. Bolalar ijodini o‘rganish. Test, so‘rovnomalar metodi.
Tayanch so‘zlar: ilmiy - tadqiqot, kuzatish, suhbat, ijodni o‘rganish, test,
so‘rovnoma, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperiment, tajriba - sinov, birdan - bir farqlanish, birdan-bir o‘xshashlik, birga bo‘ladigan o‘zgarishlar, statistika ma'lumotlar, matematika, kiberiyetika. A) Ilmiy - tadqiqot metodlari. Pedagogik kuzatish. Suhbat metodi. Bolalar ijodini o‘rganish. Test, so‘rovnomalar metodi. Pedagog-olimlar va amaliyotchilar o‘z ishlarini mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni, yangi g‘oyalarni, bironta metod, usul, vosita, mashq, o‘yin yoki ularning majmuasi samarasini, qaysi bir yoki bir guruh o‘quvchi-talabalarning bilim, saviya, hulq-atvorlarini o‘rganishda, umuman olganda ta'lim-tarbiya mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda pedagogikaning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Kasbiy pedagogika talabalarga ilmiy-tadqiqot metodlarni taqdim qilganda ularni o‘rta va o‘rta maxsus bilim yurtlarda tahsil olayotgan yosh avlodni tarbiyalash, o‘z kasbiga bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan tashqi va ichki aloqa va munosabatlarni toptirishga, ularning ijobiy va salbiy tomonlarni ajratishga, bilim berishning optimal yo‘llari, metod va vositalarini ilmiy tekshirishlar o‘tkazib aniqlashga o‘rgatadi. Talaba - bo‘lajak mutaxassis-o‘qituvchi sifatida ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari qanchalik to‘g‘ri tanlansa, bu jarayonni takomillashtirish darajasi shunchalik yuksaladi. O‘qitish va tarbiyalashdan avval hamda shuning ayni paytida tekshirishga yo‘naltirilgan ilmiy - tadqiqot metodlari tizimi kasbiy pedagogika fanida to‘la yaratilgan. Quyidagi mazkur holatlar o‘qituvchining o‘quvchilar to‘g‘risida bilimlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi: - o‘quvchilarning munosabatlari va bir-biri o‘rtasidagi tafovutlar mavjudligi; - o‘qitish va tarbiyalash jarayonida vujudga keladigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari, shakl, metod va vositalarning o‘zgarishi; - metod va vositalarning amalga oshirishning qay darajada murakkabligi; - har bir o‘quvchining oila, ota-ona, aka-uka, do‘stlari, mahallasi, o‘qituvchisi, maktabi, sinfi, guruhi, vataniga ixlosi; 73 - har bir o‘quvchining bilim, mehnat, qaysidir ish, kimnidir qutqarish, himoyalash, yordamga hamma vaqt tayyor bo‘lishiga, mardlik, jasurlik ko‘rsatishiga intilganligi; - har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini, aqliy, ruhiy, xulqiy va jismoniy tomonlarini qay darajada o‘sib borishi; - har bir o‘quvchini uning bilimi, saviyasi, qobiliyatlari bilib olib qaysi andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkinligi; - o‘quvchi kamolotiga ta'sir etuvchi irsiyat, oila sharoiti, atrof-muhit aniqligi; - bilim, ko‘nikma va malaka o‘zlashtirish qobiliyati darajasi. Mazkur quyida ishlab chiqilgan metodlarga tayangan holda ish yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi: Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling