O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Maktab hujjatlarini tahlil qilish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbat metodi
Maktab hujjatlarini tahlil qilish
Eksperiment tajriba-sinovi Statistika ma’lumotlar tahlili Matematika-kibernetika metodi Kasbiy pedagogikaning ilmiy - tadqiqot metodlari yosh avlodni tarbiyalash, o‘z kasbiga bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan tashqi va ichki aloqa va munosabatlarni tarkib toptirishga, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini ajratishga, bilim berish va tarbiyalashning optimal yo‘llari, metod va vositalarini ilmiy tekshirishlar o‘tkazib aniqlashga yordam beradi. Pedagogik kuzatish Suhbat O’quvchi ijodini o’rganish So’rovnoma test 74 tahlil qilinadi va qiyoslanadi, Nihoyat, kuzatish natijalariga qarab, pedagogik vaziyatlarni ijobiy tomonlarga o‘zgartirish uchun kerakli tavsiyalar taqdim etiladi. Pedagogik kuzatish metodi bevosita va bilvosita kuzatish turlariga bo‘linadi. Bevosita kuzatish metodi biror-bir hodisaning oqibatlari, o‘quvchining shu vaziyatda bo‘lgan xatti-harakatlari, so‘zlari haqidagi aniq materialni o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota- onalar, boshqa shaxslar orqali yoki video, diktofonni qo‘llashi bilan o‘rganib olishga imkon beradi. Bilvosita kuzatishda to‘g‘ri, ob'yektiv natijalar olish uchun shaxsan tadqiqotchi pedagog o‘zi ishtirok qilib, bor ish, hodisa va vaziyatlarni, kerakli o‘quvchilar xatti-harakatlarini o‘z ko‘zi bilan kechiradi. Suhbat metodi - maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar, tanish va notanish odamlar bilan maktab va boshqa ta'lim muassasalarda, xonadon va ko‘chada, transport yoki biron tashkilotda yakka, guruhli yoki ommaviy tarzda qo‘yilgan pedagogik masalalarni aniqlash uchun olib borilganda qo‘llaniladi. Har bir pedagogik maqsadga yo‘naltirilgan suhbat tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rganini bildiradi. Jumladan, suhbat mazmunli va maqsadga muvofiq o‘tishi uchun avvalambor quyidagi masalalar yechishi talab etadi: - suhbat rejasini tuzish, uni amalga oshirish yo‘llarini belgilash; - qo‘yilgan masalalarga oid kerakli savollarni topish; - suhbatni o‘tkazish joyi va vaqtini belgilash va erkin, do‘stona gaplashishga qulay sharoitlar (shinam joy, chiroyli musiqa, yorug‘lik, guldastalar va h.k.) yaratish; - suhbatdoshlarning soni, yoshi, kasbi, bilim va madaniyat darajasi va hulq- atvorini, umuman kimligini oldindan bilish yoki aniqlab olish, suhbat chog‘ida shularni unutmaslik; - suhbatga madaniy chaqirish, taklif qilish yoki suhbat qilishni so‘rash, iltimos qilish; - suhbatda tashqi ko‘rinish va o‘zini madaniy tutishi, mazmunli so‘zlari bilan suhbatdoshlarni lol qoldirish; - o‘zi va suhbatdoshidan mahmadona va bachkana bo‘lmasligini so‘rash, bor savollarini aniq va ravon qo‘yish; - muomala ohangini ijobiy to‘g‘irlash, jiddiy tusda gapirish; - suhbatning qaysi bir daqiqasida uni kerakli, maqsadiy tomonga yo‘naltira olishni bilish, suhbatdoshning ayni paytdagi ruhiy holatini sezib, suhbatni shunga moslashtirish, o‘zgartirish yoki mutlaqo to‘xtatish. Tekshirayotgan suhbatdosh bilan bevosita og‘zaki suhbat tarzida aloqada bo‘lish paytida uning javoblarini ko‘pincha yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. Lekin bu pedagogik tadqiqotga yo‘naltirilgan suhbat erkin suhbat emas, savollarni oldindan belgilangan izchillikda bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar suhbatdoshlarning roziligi bilan video yoki diktofonga yozib olinadi. Suhbat natijalari tahlil qilinadi, qiyoslanadi, umumlashtiriladi, tegishli xulosalar chiqariladi, ular qo‘shimchalar bilan pedagogik jarayonga kiritish yoki kiritmasligiga tavsiya beriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling