Statistika ma'lumotlarini tahlil qilish metodi - respublikamizda har bir tashkilot
va ta'lim muassasasining o‘zining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Davlat xalq
xo‘jaligi rejalariga asoslanib, ta'lim muassasalari ajratilgan kapital mablag‘larning
doimiy o‘sib borishi, maktab binolari va ularning jihozlari, kabinet, kompyuter
xonalari va laboratoriyalari, muassasa xududi, sport maydoni va stadionlari,
kutubxonalari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari va ko‘rgazmali qurollarini ko‘payishi,
yaxshi saqlashi va ta'mirlashi, o‘quvchi-talabalar soni, o‘qituvchi kadrlar soni va
ilmiy darajalari, muassasa qurilishi, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan
mablag‘larni o‘rnatilgan tartibga ko‘ra tasarruf etishi qonun va qonun osti hujjatlarda
belgilab qo‘yilgan. Bularning hammasi - davlat, jamiyat, xalq nazoratida bo‘lib va
ishni doimo yaxshilash uchun statistik ma'lumotlarni jamlash va aniqlash tashkiloti
orqali aniqlanadi. Tadqiqotchi pedagog uchun statistik ma'lumotlarni tahlil qilish -
ta'lim-tarbiya jarayoniga bularning alohida qaysi biri yoki majmua holatda ta'sir
ko‘rsatishini aniqlash va pedagogik jamoaga tavsiyalarni berish ko‘rsatib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |