78
1) Ta'kidlovchi bosqich - hozirgi kunda mavjud bo‘lgan pedagogik vaziyat
o‘rganiladi;
2) Nazorat bosqichi - eksperimentda ishtirok qiladigan o‘quvchi-talabalar bilim-
malakalari tekshiriladi va ikki, tarkiblari bilim-malaka bo‘yicha teng o‘quvchi-
talabalardan iborat guruhga ajratilgan hola o‘rganiladi;
3) O‘qitish bosqichi - taqdim etilgan faraz bo‘yicha yangi metod-vositalardan
iborat pedagogik jarayon yaratiladi va muhimligi tekshiriladi.
Birdan-bir
o‘xshashlik - ikki yoki bir necha guruhlarda o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma
va malakalar darajalarini tekshirish maqsadida darslar turli metod-vositalar asosida
o‘tkaziladi. Sinovlar tugashi bilan natijalar solishtiriladi, natijalar tahlili har bir guruh
o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalar darajalar qanchaligi va sifatini
ko‘rsatadi.
Birga bo‘ladigan o‘zgarishlar - ikki yoki bir necha guruhlarda
o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalar darajalarini o‘zgartirish
maqsadida yangi metod-vositani kiritilib o‘tkaziladi. Sinovlar tugashi bilan natijalar
solishtiriladi, natijalar tahlili har bir guruh o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma va
malakalar darajalar o‘zgarishlar qanchaligi va sifatini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: