O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Хalq cholg‘ularida ijrichilik” kafedrasi


“So‘g‘diyona” orkestrining repertuarlari


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana01.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1419913
1   2   3   4   5   6
2.2 “So‘g‘diyona” orkestrining repertuarlari 
“So‘g‘diyona” orkestrining repertuari, uni tuzish tamoyillari ham alohida 
e’tiborga sazovordir. Har bir konsertning yuqori badiiy saviyada o‘tkazilishida, did 
bilan tanlangan dastur muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada yana bir muhim holat 
– ijodiy safarlar davomida orkestr sozandalari bo‘lajak konsert oldidan karnay
surnay, nog‘ora va doyralarda tantanavor ruhda o‘zbek xalq kuylarini ijro etishadi. 
Tabiiyki, bu holat tinglovchilar diqqatini jalb etishga hamda ularda bayramona 
ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otishga xizmat qiladi. 
1997-yili jamoa Fransiyada bo‘lib o‘tadigan ijodkor yoshlarning III-musiqiy 
seminarida fransiyalik tinglovchilarga katta konsert dasturini namoyish etdi. Eng 
avvalo “Navro‘zi Ajam”, “Sharob”, “Dilhiroj”, “Gulbahor va Tanovor”, “Yovvoyi 
Chorgox”, “Surnay navosi”, “Ey nozanin”, “Qo‘shchinor” kabi mumtoz musiqiy 
meros namunalari yangradi. Shundan so‘ng Respublika kompozitorlaridan 
H.Rahimovning “Duxtari kulob”, N.Norxo‘ jayevning “Navro‘z uforisi”, 
A.Mansurovning “Yangra, doyra, jarangla!”, M.Bafoyevning “So‘g‘dcha” asarlari 
ijro etildi. Konsertning so‘nggi bo‘limida esa X.Glyukning “Kuy”, P.Sarasatening 
“Xota navarra”, J.Bizening “Marvarid izlovchilar” operasidan “Smit serenadasi”, 
M.Teodorakisning “Farishtalar dahasi” operasi dan uvertyura, S.Djoplinning 
“Regtaym” kuylari yangicha bo‘yoq ohanglarda jarangladi. 
1997-yili “So‘g‘diyona” kamer orkestri Misrda har yili o‘tkaziladigan “Arab 
musiqasi festivali”ga borish sharafiga muyassar bo‘ldi. Yettinchi bor 
o‘tkazilayotgan bu festivalda aslida faqatgina Arab davlatlarining ijodiy jamoalari 
qatnashishlari o‘ziga xos an’anaga aylangan ekan. Festivalning asosiy sharti - arab 
kompozitorlarining asarlarini munosib ijro etishdan iborat bo‘lib, unda 24 ta arab 


15 
davlatining jamoalari qatnashadi, “So‘g‘diyona” orkestri esa mehmon sifatida taklif 
etiladi. 
Festival konsert dasturi “O‘yin Bayoti”, “Cho‘li Iroq”, “Soqinomai Savti 
Kalon”, “Norim-norim” va shu kabi asarlar bilan boyitildi. Shuningdek, O‘zbekiston 
kompozitorlari – M.Bafoyevning ud va orkestr uchun “Poema”si, M.Tojiyevning 
chang va orkestr uchun yozgan “Sharqona raqsi”, I.Rahimovning qo‘shnay va 
orkestr uchun “Sabo” kuyi, F.Alimovning “Shodiyona” kabi asarlari ham alohida 
ahamiyat kasb etdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abduhalil Abduqodirov 
ijrosida yangragan “Xumor o‘ldim” Ozarbayjon xalq qo‘shig‘i va orkestr ijrosidagi 
Markaziy Osiyo xalqlari mavzularidan iborat termasi tinglovchilar olqishiga sazovor 
bo‘ldi. 
Yosh maqom ijrochilarining Respublika ko‘rik-tanlovi laureate Sh.Murodov 
ijrosidagi “Voxoron” va “Habiba” arabcha qo‘shiqlari orkestr ijrosidagi Muhammad 
Al-Kasabiyning “Esdaliklarim”, Muhammad Abdul Vahobning “Aziza” va “Al-
fan”, Riad Az-Sumbatining “Lunga” asarlari tinglovchilarni hayratga soldi. “Bizni 
ayniqsa quvontirgani – aynan shu asarni bizning jamoamiz ijrosida festival 
davomida “chaqiriq” kuyi sifatida har kuni televidenie orqali ijro etilgani bo‘ldi. Biz 
borgan kuni bu kuy ularning milliy ansambli ijrosida yangrayotgan edi. Bizning 
konsertimizdan so‘ng bu kuy bizning ijromizda yangraydigan bo‘ldi. Bu xol albatta 
badiiy jamoaning ruhini yanada tetiklashtirdi va kayfiyatini ko‘tardi”, - deydi 
F.Abdurahimova. Shuningdek, Respublikada xizmat ko‘rsatgan artistlar – 
M.Bekjonova o‘zining shirali ovozi bilan, S.Isroilova esa jozibali raqsi bilan 
tinglovchilar olqishiga sazovor bo‘lishdi. 


16 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling