O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Хalq cholg‘ularida ijrichilik” kafedrasi
“So‘g‘diyona” orkestri o‘zining ijro mahorati
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1.2 “So‘g‘diyona” orkestri o‘zining ijro mahorati
“So‘g‘diyona” orkestri o‘zining ijro mahorati va betakror jozibadorligi bilan O‘zbekiston kompozitorlari uchun o‘ziga xos ijodiy laboratoriya vazifasini ham 9 o‘tab kelmoqda. Kompozitorlar o‘zbek xalq cholg‘ularining yangi sadolanish qirralarini kashf etishlarida aynan shu jamoa tajriba-sinov “maydoni” bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, A.Mansurovning “Yangra, doyra, jarangla!”, “Moziydan sado” poema-fantaziyasi, H.Rahimovning fantaziya va “Sirli tun” asari, N.Norxo‘jayevning “Navro‘z uforisi”, D.Saydaminovaning “Niti snov tumannix”, “Sarob” kabi asarlari shunday izlanishlarning samarasidir. A.Mansurovning “Yangra, doyra, jarangla!” uvertyurasi 1993- yili “So‘g‘diyona” jamoasi uchun maxsus yaratilgan. Yosh jamoa kompozitorni original tuzilishi hamda xalq cholg‘ularining yangi tembrlarini yorita olish imkoniyatlari bilan o‘ziga jalb etdi. “Men “So‘g‘diyona” uchun uvertyura janrini tasodifan tanlaganim yo‘q. Uvertyura – bu katta sahnaviy asarlarning vizit kartasidir. Men ham o‘z uvertyuramni dunyo hamjamiyatida obru-e’tiborga ega bo‘lgan yosh jamoaga vizit kartasi sifatida taqdim etdim. Ushbu asarda men butun orkestr jamoasidan emas, balki faqatgina ruboblar, dutorlar, doyra va zarbli cholg‘ulardan foydalandim. Bu menga torli-chertma cholg‘ular orqali milliy koloritni hamda yangi ifodaviy vositalarni namoyon etishga qo‘l keldi” 2 , - deydi Avaz Mansurov. Uvertyura rondo va variantli variatsiya elementlariga ega bo‘lgan 3 qismli shaklga ega. Asardagi asosiy ifodaviy vositalar doyra va boshqa zarbli cholg‘ular orqali amalga oshiriladi. Doyra yakkanavoz cholg‘u bo‘lib, uning ijrosida konsert alomatlari seziladi. Rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan usullarni ijro etadi. O‘zining ijrochilik konsepsiyasida orkestr asarni muvaffaqiyatli ijro etish uchun zamin yaratgan qadimiy usul shakllarini kuchaytirishga va ijodiy kuchini musiqani ritmik jihatdan ifodalashga qaratdi. Kompozitor partiturada kontrast usullarni, qismlarni pauza bilan ajratish, ayniqsa ruboblarda tremolo va ritm jihatdan zichlashgan faktura almashinuvini nazarda tutgan holda amalga oshirgan. Uvertyurada ijrochilik muammolaridan biri, partiyalarning sinxronligidadir: 2 Muallifning A.Mansurov bilan 2015-yil 20-fevralda bo‘ib o‘tgan suhbatidan yozib olingan. 10 Sozandalar asarni ijro etganda qismlar orasidagi kontrast, ayniqsa chekka qismlarida yuqoriga intilgan va o‘rta qismida pastga yo‘naltirilgan harakatlar sezilib turibdi. Asarda ham melodik ham ritmik xususiyatlar yorqin va aniq ifoda etilgan. Avaz Mansurov reprizadan avval zarbli cholg‘ularda katta improvizatsiyani qo‘llaydi, bu aynan asarda konsert elementlari mavjudligidan dalolat beradi. Bu yerda doyrachi o‘z mahoratini namoyon etadi: Kadensiya kirish qismi materiali asosida yozilgan bo‘lib, u asar yaxlitligidan dalolat beradi. Repriza ijrosida orkestr tovush kuchini oshiradi, bu dinamik jihatdan ko‘tarilish asar mohiyatini badiiy jihatdan to‘laqonli yoritilishiga yordam beradi “Sarob” asari zamonaviy kompozitor D.Saydaminova tomonidan “So‘g‘diyona” Davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri uchun yozilgan (2005) maxsus asarlardan biridir. Ushbu asar o‘ziga xosligi bilan boshqa kompozitorlar asarlaridan tubdan farq qiladi. Izlanuvchan va davr bilan hamnafas ijodkor asarlari o‘zining yangilikka intiluvchanligi va originalligi bilan ajralib turadi. Aynan “Sarob” asari ham aynan shunday tajribalardan biridir. D.Saydaminova an’anani zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirgan holda, inson tasavvur eta olmaydigan hattoki xayoliga ham 11 keltira olmaydigan tembr, ohang va ijro uslublarini izlab topishga harakat qiladi va bu uning asarlarida o‘z tasdig‘ini topdi: * 1) vozdux, ya’ni nay quvuriga puflash * 2) rubob primada juda mayda tremolo chalish * 3) dutor alt va dutor primalarda mediator bilan - juda mayda tremolo chalish. Muallif shunaqangi ijro usullarini o‘ylab topgan-ki, orkestr konsertini ko‘rmay, uni tinglagan inson xalq cholg‘ulari orkestri ijro etganiga umuman ishonmaydi. Shuningdek, asarni yakka cholg‘u, ansambl yoki orkestr ijro etishidan qat’iy nazar, ko‘z oldingizda xayolan o‘sha manzara gavdalanadi. Aynan ma’lum bir holatni tasvirlashda, kompozitor shunga mos cholg‘uni tanlaydi va o‘z tasavvurini bayon etadi. Masalan, cho‘lda esayotgan shamolni ifodalashda u nay cholg‘usidan foydalanadi. Bunda ijrochi kerakli tovushni nay quvuriga puflash orqali hosil qiladi va dinamik belgilarni mohirona qo‘llaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling