O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Хalq cholg‘ularida ijrichilik” kafedrasi
II BOB “SO‘G‘DIYONA” ORKESTRINING GASTROL SAFARLARI VA
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
II BOB “SO‘G‘DIYONA” ORKESTRINING GASTROL SAFARLARI VA
TURLI JAMOALAR BILAN IJODIY HAMKORLIK RISHTALARI 2.1 “So‘g‘diyona” jamoasi birinchi marta xorijiy safarga chiqishi. “Sogdiyona” davlat xalq cholgulari kamer orkestri. Dirijyor F.Abdurahimova. 1995-yili “So‘g‘diyona” jamoasi birinchi marta xorijiy safarga chiqishga muyassar bo‘ldi. Bunga 1994-yilning 5-mayida O‘zbekiston va Olmoniya o‘rtasida madaniy hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida imzolangan shartnoma asos bo‘ldi. Shu munosabat bilan 1995-yilning 4-17 dekabr kunlari Leypsig shahrida olmon, o‘zbek va fransuz musiqachilarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv olmon fransuz ijodkor yoshlar uyushmasi tashabbusi bilan rejalashtirilgan bo‘lib, uchrashuvni tashkillashtirishni Leypsigdagi Yevropa uyi o‘z zimmasiga olgan edi. Uchrashuvda Fransiyaning Lion konservatoriyasi qadimiy musiqa ansambli, Olmoniyaning “Blyazer kollegium” damli ansambli va O‘zbekistondan “So‘g‘diyona” kamer orkestri ishtirok etdi. Ikkinchi uchrashuv 1996-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida, uchinchisi esa 1997-yilning iyun oyida Lion shahrida o‘tkazilishi rejalashtirildi. Ikki xaftalik safar chog‘ida “So‘g‘diyona” jamoasi 6 ta konsert berdi. Bu gal 15 nafar sozanda ijrosida 2 ta katta konsert dasturi namoyish etildi. Shuni 13 ta’kidlash joizki, XVII asr musiqasi milliy cholg‘ularda yangi tarovat kasb etdi. O‘zbek musiqachilari nemis kompozitori I.Baxning 2-kamer syuitasidan “Hazil” va “Menuet”- ni rang-barang tembr buyoqlari ichra kutilmagan yangi qirralarini ochgan holda ijro etdilar. Yevropa kompozitorlarining asarlarini ijro etishda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muyassar Razzoqova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adbuhalil Abduqodirovlar ham qatnashdilar. Leypsigdagi Yevropa uyi ishlari boshqaruvchisi doktor Yoxan Xan mazkur jamoa haqida shunday fikrni bildirdi: “Orkestrning ijodiy cho‘qqilarga yuksalishida badiiy rahbar va dirijyor Firuza Abdurahimovaning xizmatlari beqiyosdir. Badiiy rahbarning o‘ta talabchanligi va intizomga qat’iy rioya qilishi jamoaning hamjihatlikda ishlashga undaydi. Jamoaning yosh musiqachilari tinglovchilarga ham madaniy, ham ma’naviy zavq baxsh etdilar” 3 . 1996-yili “So‘g‘diyona” jamoasining ijodiy safarlar kundaligiga zarhal satrlar bitildi. Chunki shu yili orkestr Ispaniyada o‘tkazilga xalqaro festivalning laureati unvoniga sazovor bo‘ldi Orkestrning avgust oyida Logron’o shahrida o‘tkazilgan XXX plektor musiqasi Xalqaro festivalida ishtiroki juda sermazmu bo‘ldi. Bu festival butun dunyo bo‘yicha yagona bo‘ltb, o‘ttizinchi bor o‘tkazilishi edi. Bu tadbirdan so‘ng butun dunyo musiqachilarida “So‘g‘diyona” jamoasiga nisbatan katta qiziqish uyg‘ondi. Orkestr jamoasining Germaniya va Ispaniyaga qilgan ijodiy safarlari, mahorat va ijroviy imkoniyat bobida muhim sinov maktabini o‘tadi. Jamoaning ijodiy salohiyatini yuqori baholagan mutaxassis va musiqa ixlosmandlari orkestr tanlagan yo‘li to‘g‘ri ekanligiga ishonch bildirdilar. Ayniqsa, G‘ofur Norboyevning nayda ijro etgan I.Baxning “Hazil” kuyini tinglovchilar ko‘tarinki ruhda qabul qilishdi. Asarni oddiy shakldagi cholg‘uda, hech qanday moslamasiz mohirona ijro etilishi barcha tomoshabinlarni, aniqrog‘i, musiqa ahlini hayratda qoldirdi. Ispan tinglovchilarida nay, surnay, qo‘shnay, chang, doyra, nog‘ora kabi cholg‘ularning sadolari katta taasurot qoldirdi. Shu tariqa “So‘g‘diyona” orkestri 3 F.Abdurahimovaning shaxsiy arxividan (Yoxan Xan maktubi). 14 xalqaro festivalda ishtirok etib, birinchi Sharqiy jamoa sifatida o‘zini dunyoga tanitdi, o‘zbek milliy cholg‘ularida ijrochilik san’atini xalqaro miqyosga ko‘tardi va keng omma e’tiborini xalqimizning ko‘p asrlik musiqa madaniyatiga jalb etdi. Shuningdek, jamoa navbatdagi xalqaro festivalda ishtirok etish uchun taklifnomani ham qo‘lga kiritdi. “So‘g‘diyona” jamoasi orqali o‘zbek xalq cholg‘ulari jahon miqyosiga ko‘tarildi, ularni dunyo tan oldi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling