O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-
mohiyatini, amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
–maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar
fiziologiyasini;
–boshqarma bilan faoliyat uzviyligini ta’minlashni;
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;

maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida mahalliy davlat
hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish usullarini;
–jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan talablarga qat’iy
rioya etish hamda jamoada sog‘lom raqobatli ma’naviy-muhitni shakllantirishni;
–sanitariya-gigiyena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni.
3. Malaka talablari:
–kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
besh yildan kam bo‘lmagan ish staji;
ta’lim yoki boshqa sohaning boshqaruv organlarida rahbarlik lavozimlarida (boshqarma
boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari,
sho‘ba mudiri, direktor, direktor o‘rinbosari va rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan boshqa
rahbarlik lavozimlari) uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslar, Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar
yoki nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy
ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD
va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislardan ish (rahbarlik) staji
talab etilmaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan:
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.


Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’iy
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling