O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Maktabgacha ta’limi vazirligi bosh mutaxassisi lavozimi


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

99-§. Maktabgacha ta’limi vazirligi bosh mutaxassisi lavozimi
malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
–bo‘ysunuviga qarab bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga
yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’limi boshqaruv organlarining istiqbol ish
rejalarini, yaxlit maqsadli dasturlarini, tizimning bo‘linmalari muammolari bilan bog‘liq boshqa
hujjatlarga kiritish uchun berilgan takliflarni tahlil qilish va ularni umumlashtirish hamda o‘z
vaqtida, sifatli bajarilishi bo‘yicha monitoringini amalga oshirish;
–vazirlik tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati tahlilini o‘tkazish
bo‘yicha namunaviy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, o‘z vazifasini bajarish uchun
zarur bo‘lgan uslubiy ishlanmalar (jadval, nazorat ishlari, test materiallari, anketa va
boshqalar)ni tayyorlash, tarbiyalanuvchilar tomonidan davlat talablarini bajarilishini tahlil
etish, bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, bosh
boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshlig‘i huzuridagi ishlab chiqarish majlisi muhokamasiga
kiritiladigan masalalar yuzasidan materiallar tayyorlash;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik adabiyotlarni yaratish, nashr etish va ta’minlash
tizimini takomillashtirish bo‘yicha boshqarma va bo‘lim boshlig‘iga takliflar kiritish,
nashriyotlar tomonidan metodik adabiyotlarni chop etish, ularning natijalari bo‘yicha vazirlik
rahbariyatiga tegishli ma’lumotlar tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun metodik
adabiyotlar va qo‘llanmalar tanlovini tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maxsus va ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun tayanch va namunaviy dasturlarni ishlab chiqish
bo‘yicha tavsiyalar berish, ularni bajarilishini nazorat qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
tayyorlashda faol ishtirok etish, maktabgacha ta’lim tizimini tashkil etishga doir normativ-
huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazish va nazoratini olib borish, vazirlikning boshqarma va
bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash;
Tartib raqami
714
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1213
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha doimiy ravishda boshqarmadan kuz-qish mavsumi bo‘yicha,
vazirlik tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elektr energiyasiga, tabiiy gazga va toza
suvga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanishi bo‘yicha ma’lumotlarni, ta’lim tashkilotlari bino va
inshootlaridan foydalanish me’yorlari (yong‘inga qarshi, sanitariya-gigiyena, ekologik va
boshqalar)ni to‘liq bajarilishi ustidan nazorat qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib
borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni respublika bo‘yicha
umumlashtirish va boshqarma boshlig‘iga taqdim etish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy sarmoyalarni jalb qilish yuzasidan tegishli loyiha
hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlarida
tashqi aloqalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar yig‘ish, ularni o‘rganish va
bo‘lim boshlig‘iga tegishli ma’lumotnomalar tayyorlash, xorijiy xizmat safariga jo‘natilayotgan
maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining tegishli viza va ruxsatnomalarini olishida yordam
ko‘rsatish;
–davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maxsus va sanatoriya tipidagi maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining ta’lim jarayoni va mehnat intizomini nazorat qilish, ularning ta’lim jarayoni
uchun zarur bo‘lgan metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanish darajasi yuzasidan monitoring olib
borish;
–tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini o‘rganish, bu borada boshqarma boshlig‘iga
tegishli takliflar kiritish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga
qo‘yilishini, ularning bajarilishini kuzatib borish, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini
yakunlashni ta’minlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining
ma’lumotlar bazasini yuritish;
–ijro intizomining joriy (har kunlik) va har oylik tahlilini o‘tkazish, har o‘n kunda
tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga navbatdagi o‘n kunlikda ishlari tugallanishi lozim bo‘lgan
hujjatlarni shakllantirish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotnoma-eslatmalarni yozma va elektron
shaklda yuborish, har oyda navbatdagi oy mobaynida ishlari tugatilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni
shakllantirish;
–kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling