O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Malaka talablari
2. Bilishi lozim:
–Maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun- mohiyatini; –maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini; –vazirlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy maktabgacha ta’limni boshqaruv organlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlashni; –faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarni, hujjatlarda belgilangan talablarni, uni amaliyotga joriy etish yo‘llarini; –faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyat organlari, xalq ta’limi boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari, xorijiy davlatlarning mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullarini; –maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida vazirlik, idoralar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullarini; –“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini; –jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritishni; –kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini. 3. Malaka talablari: –kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; –xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; –uch yildan kam bo‘lmagan ish staji. 101-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Hukumatning qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida Tartib raqami 2477 Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1439 Xodimlar toifasi Boshqaruv qabul qilingan vazirlikning hay’at qarorlari, buyruqlari, dasturlari va boshqa hujjatlarda vazirlik rahbariyati tomonidan xizmatga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlash; –vazirlikning hay’at, ishlab chiqarish yig‘ilishlariga, vazirga xizmat faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotlar, hisobotlar tayyorlash; –vazirlik ichki audit xizmati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, xizmat xodimlariga xizmat vazifalarini taqsimlab berish; –ichki audit tomonidan vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarda amalga oshiriladigan nazorat ishlarini O‘zbekiston Respublikasining qonun va qonunosti hujjatlariga hamda o‘zining Nizomiga muvofiq amalga oshiradi va tashkil etish; –vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarda qonun va qonun osti hujjatlariga amal qilinishi, budjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi va talon-taroj qilinishi holatlarini profilaktikasini ta’minlash va ularni oldini olish hamda aniqlash; –davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; –qonun buzish holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida quyi tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish; –nazorat oby’ektlari xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish; –tizimga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif berish; –“Maxfiy” va “o‘ta maxfiy” belgili hujjatlarni bajarish; –hisobotlarini vakolatli organlar oldida himoya qilish; –kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling