O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Malaka talablari
2. Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun- mohiyatini; –maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini; –vazirlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy maktabgacha ta’limni boshqaruv organlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlashni; –faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarni, hujjatlarda belgilangan talablarni, uni amaliyotga joriy etish yo‘llarini; –maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida vazirlik, idoralar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullarini; –“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini; –jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritishni; –kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini. 3. Malaka talablari: –kamida bakalavr darajasidagi ma’lumot; –xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; –uch yildan kam bo‘lmagan ish staji. 100-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi yetakchi mutaxassisi lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish; –o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimining bo‘linmalari muammolari bilan bog‘liq boshqa hujjatlarga kiritish uchun berilgan takliflarni tahlil qilish hamda umumlashtirish; –maktabgacha ta’limi tashkilotlarida davlat talablari bo‘yicha ta’lim-tarbiya sifati monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha uslubiy yordam berish; –o‘z faoliyatiga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda, ta’lim strategiyasini ishlab chiqishda, bosh boshqarma va bo‘limning amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etish; –o‘z vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan uslubiy ishlanmalar (jadval, so‘rovnoma va boshqalar)ni tayyorlash, ta’lim sohasida analitik sharhlar, prognozlar tuzish, ijobiy ish tajribalarini o‘rganish, ularni umumlashtirish, bosh boshqarma, boshqarma va bo‘limning choraklik, yarim yillik, yillik ish rejalarini tuzish yuzasidan takliflar va hisobotlarini yig‘ish, ularning o‘z vaqtida bajarilish monitoringini olib borish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni nashrga tayyorlash to‘g‘risidagi istiqbol rejasini tuzish, o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini tayyorlash, joylardan metodik adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida nashr etilishi va joylarga yuborilishini nazorat qilish; –viloyat va tumanlarda metodik adabiyotlar ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ish faoliyatini nazorat qilib borish va zarur bo‘lgan holatlarda hududiy maktabgacha ta’limi boshqarmalari va maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlariga mas’ul mutaxassislar ish faoliyati bo‘yicha tegishli takliflar berish; –nashriyotlar tomonidan dastur va qo‘llanmalarning chop etilishi va joylarda yetkazilib berilishiga doir ishlarni o‘rganib borish hamda nazorat qilish va natijalari bo‘yicha rahbariyatga tegishli ma’lumotlar tayyorlash,; Tartib raqami 80 Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1112 Xodimlar toifasi Boshqaruv –ushbu yo‘nalishda me’yoriy hujjatlarning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini nazorat qilish, iqtidorli bolalar bilan ishlashning turli shakllarini aniqlashga, tanlovlar, tavsiyalar ishlab chiqish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimidagi ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlashda boshqarmalarga yaqindan yordam berish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularni bajarilishini nazorat qilish; –maktabgacha ta’limi tizimini tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazish va ularning nazoratini olib borish, vazirlikning boshqarma va bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarini hamda ta’limning texnik vositalarini o‘quv va tarbiyaviy jarayoniga joriy etishni tashkil qilish; –jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi doirasida onalik va bolalikni himoya qilish, bolalar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni ro‘yxatini tarbiya bo‘limi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib borish; –o‘z yo‘nalishi asosida joylarda olib borilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularni o‘rganib chiqish va tegishli ma’lumotnomalar tayyorlash; –vazirlikning boshqa boshqarma va bo‘limlari bilan hamkorlikda maktabgacha ta’limi tizimiga tashqi aloqalarning kirib borishi va natijalari haqida ma’lumotnomalar tayyorlash, ta’lim tizimiga xorijiy tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan insonparvarlik yuklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha vazirlik tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash borasidagi ishlarni tashkil etish, vazirlik tasarrufidagi boshqaruv lavozimlari ro‘yxatiga olingan rahbar kadrlarni tanlash, o‘rganish, istiqbolli va amaldagi kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalari bilan bevosita shug‘ullanish; –oliy o‘quv yurtlarining pedagogik mutaxassislik bo‘yicha bitiruvchilarini ishga joylashtirilishi yakunlari bo‘yicha tahlil qilish hamda mazkur ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; –oliy pedagogika institutlari bo‘yicha talabalar kontingenti harakatiga oid hamda maktabgacha ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarining soni va tarkibi bo‘yicha hisobotlarni yig‘ish, ularni umumlashtirish va statistika tashkilotlariga taqdim etish; –pedagog xodimlar qo‘nimsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, ularni o‘rganib chiqish va tegishli ma’lumotnomalar tayyorlash; –maktabgacha ta’limi tizimi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash hujjatlarini tayyorlash, xodimlarni vazirlikning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlash bo‘yicha buyruqlar loyihasini tayyorlash hamda rahbariyatga kiritish, belgilangan tartibda Faxriy yorliqlari, mukofotlash varaqalari va boshqa mukofotlash hujjatlarining hisobini olib borish, ularga buyurtmalar tayyorlash, saqlanishini ta’minlash, mukofotlarni topshirilishini nazorat qilish; –davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yangi qurib foydalanishga topshirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tasdiqlangan me’yorlarga asosan jihozlanishi va ularni kerakli shtat birliklari bilan ta’minlash, ular uchun berilgan jihozlaridan samarali foydalanish maqsadida metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va amaliy seminarlar o‘tkazib borish; hududiy maktabgacha ta’limi boshqaruv organlarining sohaga taalluqli - yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlarini umumlashtirish; –bosh boshqarma, boshqarma va bo‘limlarga kelib tushadigan xat ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish hamda rahbariyatning ko‘rsatmasiga muvofiq, ularga tegishli javoblar tayyorlash, bu masalalar yuzasidan bosh boshqarma, boshqarma, bo‘limda ijro intizomini ta’minlash; –kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling